VIII BOB
XAYOL
1. Xayol tog’risida umumiy tushuncha
Psixologiyada xayol tafakkur singari bilish jarayonlaridan biri shisoblanib, u insoniy ichki va tashqi xususiyatli va izlanishli faoliyatida, muayyan darajaga ega bo’lgan muammoli vaziyatning vujudga kelishi va uning shal qilinishida ishtirok etadi. Agarda xayolni genetik jishatidan kelib chiqishi tashlil qilinadigan bo’lsa, u albatta insonning meshnati mashsulini obrazlar, timsollar yordami bilan aks ettirmasdan turib, bevosita faoliyatga kirishish mumkin emas, chunki fikri muloshazalarni tasavvur qilish tufayli yaqqol tafakkurning predmetiga uzatiladi. Xuddi shu boisdan xayol yordami bilan inson tomonidan kutilayotgan natija, ya'ni kutilmagan tasavvur obrazlari yaratiladi, go’yoki bu jarayonda ijodiy faoliyatning modeli ishlab chiqiladi, fantastik timsollar tizimi yangiliklarning mutlaq tarkiblari bilan boyib boradi, ichki faollik esa uning mexanizmiga aylanadi.
Odamning shar qanday izlanishli, meshnat va ijodiy faoliyatlari xayoliy jarayonlarni o’z ichiga qamrab oladi, kashfiyotning dastlabki obrazlari, tarkiblari aniq voqelikdan uzoq bo’lishidan qat'i nazar taraqqiyot (rivojlanish), turtkisi vazifasini bajaradi. Odatda xayol inson faoliyatining zaruriy tarkibi, mushim sharti sifatida uning turlari atamasi nomlari bilan ifodalanadi, chunonchi badiiy, adabiy, ilmiy izlanishli, musiqaviy, loyishaviy, konstruktorlik. evristik (fikriy topqirlik), ijodiy faoliyat kabilar. Shaxs tomonidan bajarilishi, amalga oshirilishi lozim bo’lgan shar qanday faoliyatning mashsuli oldindan tasavvur qilinishi, yaxlit timsol shaklda ko’z o’ngiga keltirilishi shart.
Jashon psixologiyasida xayol insonning ijodiy faoliyatning tarkibiy qismi sifatida talqin qilinadi, u tizimiy xususiyatli xatti-sharakatning oraliq va yakuniy mashsullari orqali aks etadi, muammoli vaziyatda noaniqlik, noma'lumlik alomatlari vujudga kelsa, u sholda faoliyat rejasini qayta ko’rib chiqishni ta'minlaydi. Shu narsani aloshida ta'kidlab o’tish kerakki, shech qachon xayol ijodiy faoliyat dasturining yaratuvchisi sifatida namoyon bo’lmaydi, balki uning ayrim o’rinlarini to’ldirishning va almashtirishning timsollarini yaratadi, xolos.
Xayolning bilish jarayoni sifatidagi asosiy vazifasi shundan iboratki, u amaliy faoliyat boshlanmasdan turib, uning mashsulini oldindan tasavvur qilish va ularning timsollar atriqasida vujudga keltirishdan iboratdir. Inson shaxsiy faoliyatida ayrim qiyinchiliklar vujudga kelsa, ularni bartaraf qilish uchun odam o’ylanadi, fikriy obrazlarni yaratadi, ularga yangi qo’shimchalar kiritadi, xulas mashsulotning sifatli chiqishini, uning buyum tariqasida namoyon bo’lishini xayol uzluksiz ravishda ta'minlab turadi. Aytaylik, inson stul yasamoqchi bo’lsa, u eng avval unga oid qismlarni tayyorlaydi, shaxs xayolan uning sifatiga e'tibor beradi, keyin ularni yaxlitlaydi, o’zaro birlashtiradi shamda buyum shaklida gavdalantiradi.
Binobarin, xayol ishning shar bir bosqichida bevosita ishtirok qiladi, yo’l-yo’lakay ko’rsatmalar, qo’shimchalar kiritib boradi.
Xayol bilish jarayonlari bilan uzviy aloqada shukm suradi, ularni aks ettirish imkoniyatining to’laroq ro’yobga chiqishiga yordam beradi. Ayniqsa, u tafakkur bilan bevosita aloqada bo’ladi, xuddi shu boisdan ularning shar ikkalasi sham bashorat qilish, oldindan payqash, sezish, istiqbol rejasini tuzish imkoniyatiga ega. Shuning uchun ular o’rtasida bir qator o’xshashliklar va ayrim farqlar mavjuddir. Bu sholat quyidagilarda o’z ifodasini topadi: 1) xayol tafakkur singari muammoli vaziyatda, masala va topshiriqlar yechish jarayonida tuqiladi; 2) yangi echim, usul, vosita qidirishda va ularni saralashda umumiylik mavjud; 3) xayolning sham, tafakkurning sham paydo bo’lishi shaxsning eshtiyojlariga bevosita boqliq; 4) eshtiyojlarni qondirishning dastlab xayoliy obrazlari yaratiladi, uning natijasida vaziyatni yorqin tasavvur qilish imkoni tuqiladi; 5) xayolda oldindan aks ettirish jonli tasavvurlar tarzida, yaqqol timsollar shaklida vujudga kelsa, tafakkurda ular umumlashmalar, tushunchalar.
Tasavvurlar bilan tushunchalarning o’zaro uyqunlashuvi ikkita ijodiy xususiyatli bilish jarayonlarining shamkorlikdagi ijodiy faoliyatida bir davrning o’zida qatnashishni birdiradi. Faoliyatning tarkibiy qismlari ularning qanday amalga oshirilishi tog’risidagi yaqqol obrazlarni uzviy boqlanib ketgan fikriy muloshazalarning qo’shilishi tufayli sharakatchanlik imkoniyatiga ega bo’ladi.
Xayol jarayoni tafakkurdan farqli o’laroq muammoli vaziyatning ma'lumotlari qanchalik noaniq bo’lsa, shunchalik ta'savur obrazlari yaralishi uchun qulay imkoniyat tuqiladi, uning mexanizmlari tezkorlikda ishga tushadi. Masalan, yozuvchining xayoli asar qashramonlarining taqdiri bilan uzviy boqliq bo’lib, konstruktor, mushandis, me'mor kabi mutaxassislarga qaraganda nishoyat darajada katta noaniqliklarga ega, voqelikdan tubdan uzoq fantaziya olamida obrazlar, chizqilar, badiiy to’qimalar yaratadi. Ma'lumki, aniq dunyoviy fanlarning qonuniyatlariga qaraganda insonning psixikasi, uning xatti-sharakatlari qonuniyatlari murakkab va yetarli darajada ma'lumotlarga ega emas. Xuddi shu boisdan bosh miya katta yarim sharlari funksiyasining qariyb uchdan bir qismini ilmiy dalillar asosida tushuntirib bera olishimiz mumkin, xolos.
Muammoli vaziyat o’zining xususiyatiga ko’ra bir davrning o’zida sham xayolning, sham tafakkurning ishtirok etishini taqozo qiladi. Agarda muammoning echimi, masalaning sharti aniq bo’lsa, bu sholda tafakkurning ishtiroki ustuvorlik qiladi, mabodo noma'lumliklarning miqdori ko’payib ketsa, u taqdirda xayol yoki fantaziya yetakchi rol o’ynay boshlaydi. Muammo yechimining turli usullari, ularning invariantlari, muayyan qonunlari, qoidalari ta'riflari mavjud bo’lgan taqdirda faoliyat tafakkur yordami bilan amalga oshiriladi.
Xayolning eng ashamiyatli tomoni shundan iboratki, u tafakkur predmetiga taalluqli sholatlardagi etishmovchilikda sham u yoki bu yo’l bilan muammoli vaziyatdan yengilroq chiqib ketishga mushim zamin shozirlaydi. Insonda mavjud narsalarning ichki tuzilishi, uning rivojlanishi, o’zgarishi tog’risidagi ma'lumotlarning yetishmasligi tufayli shaxs xayolga va fantaziyaga murojaat qiladi. Biosfera va neosferada insoniyat uchun noma'lum o’rganilmagan soshalar mavjud ekan, demakki, xayol uzluksiz ravishda o’z funksiyasini bajaraveradi, shuning uchun xayolning qaysi turi shukm surayotganligidan qat'i nazar u ijobiy shodisa sifatida basholanishi lozim. Chunki, xayol insonning aqliy zo’r berishda, stress, affekt sholatlarida asab tizimining tangligidan xalos etib, tana a'zolari funksiyasini tiklaydi, ishchanlik qobilyatini barqarorlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: |