ko’zi yumuq holda paypaslab taqqoslash taklif qilinadi. Eksperimentning
navbatdagi bosqichida soqqachalar almashtirilib, baravar jismlar har xil tuyuladi,
ya'ni sinaluvchida illyuziya (noto’g’ri aks ettirish) holati yuzaga keladi. Bunday
psixologik voqeaning vujudga kelishiga asosiy sabab shuki, ob'ektiv jishatdan
o’zaro teng soqqachalar taqqoslanganligida ular bir biriga teng emas, degan mayl
bilan favqulodda sub'ektiv haroitda ish tutilganligidir. Ushbu holat oddiyroq qilib
tushuntirilganda, taqqoslash jarayoni ustanovka (ko’rsatma berish, yo’l-yo’riq
ko’rsatish) asosida amalga oshirilganligi uchun shunday oqibatga olib kelgandir.
D.N.Uznadzening
ta'kidlashicha,
insonda
ustanovka
bilan
bog’liq
psixofiziologik holat markaziy
nerv sistemasigina emas, balki uning periferik
qismi faoliyatini ham mashsuli bo’lib shisoblanadi. D.N.Uznadzening tajribalarida
sinaluvchining o’ng qo’liga navbat bilan avval katta, keyin kichik soqqachalar
berib turiladi va bu vaziyat 10-15 marta takrorlanadi. Tajribaning oxirgi bosqichida
sinaluvchining chap qo’liga bir-biriga teng soqqalar beriladi. Buning natijasida
uning chap qo’lida ham ilyuziya, ya'ni noto’g’ri idrok qilish vujudga keladi. Ko’z
bilan idrok qilishda ikkita o’zaro teng ob'ektlarni qayd qilishdagi ustanovka o’ng
ko’zga ham o’z ta'sirini o’tkazgan. Eksperimental tarzda o’rganilgan ustanovkali
vaziyatlarni takrorlash evaziga insoning o’ziga sezilmagan holda muayyan
ob'ektlarda sub'ektga taalluqli "fiksal ustanovkalar" (qayd etilgan ustanovkalar)
vujudga kelganligi aniqlangan. Demak, ustanovkani eksperimental tadqiqot etish
natijasida anglanilmagan mayllar asta-sekin qayd qilinuvchi (fiksasion) darajasiga
o’sib o’tish mumkin.
Ijtimoiy
turmushda
D.N.Uznadzening
natijalariga
o’xshash qator
ma'lumotlar shaxsda mustaxkamlanib qolganligi tufayli
ustanovka funksiyalarini
bajarib kelmoqda: 1) boshlang’ich sinf o’quvchilarining oldida turgan ustanovkalar
xuddi shunday toifaga kirganligi sababli o’qituvchining barcha topshiriqlarini
darshol bajarishga tayyor turadilar; 2) shisobchilarga nisbatan qo’rs, rasmiyatchi
deyishlik; 3) olimlarga nisbatan parishonxotirlik; 4) savdo xodimlariga nisbatan
uddaburonlik, daromat qilishga ustasi faranglik; 5) bolaning shaqgo’yligi, sir
tutmasligi; 6) qariyaning so’zi tugaguncha-o’salning joni uzilishi to’g’risidagi fikr
mulohazalar ustanovkaga yaqqol misol bo’la oladi.
Shuningdek, ba'zi jamoalarda, guruhlarda, oilalarda ustanovkaga asoslanish,
ularga ishonch noxush oqibatlarga olib keladi. Avtoritar tafakkur, milliy stereotip,
etnik rasm-rusumlar ham ustanovkaga misoldir. Davolovchi shifokorning
ustanovkalariga bemorning rioya qilishi irqchilik munosabatlari,
ilmiy unvonli
ziyolilarga berilgan super (orttirma) basholar va boshqalar ustanovkaning
anglanilmagan shaklini o’zida mujassamlashtiradi. Shuni ta'kidlash joizki, ba'zi
shollarda shaxs uchun anglanilmagan ustanovka o’z pozisiyasini aniq namoyish
qilishda e'tiqot sifatida gavdalanadi, anglanilmagan omillar tariqasida aks etadi.
Gruzin
psixologlari
tomonidan
ustanovkaning
turlicha
xislatlari
(qo’zg’aluvchanlik,dinamiklik, statiklik, plastiklik-dag’allik, labillik-stabillik,
irradiasiya-generalizasiya) va tiplari (diffuz, differiansiallashgan, fiksasiyalashgan)
aniqlangan. Ularning fikricha, ustanovkaning ba'zi bir xislatlari mutanosibligi
uning har xil tiplarining vujudga keltiradi. Psixoz va nevrozlar ustanovkaning
patologik o’zgarishlarida o’z ifodasini topadi. Shuningdek, ustanovka inson
shukmronligini va qudratini tashkillatirishning yuksak darajasi sanaladi. U xulq-
atvorining
batartibligi
va
izchilligining
asosi
shisoblanadi.Ularning
mulohazalaricha, ustanovka insoning muayyan shaklda munosabat bildirishga
yuksak yo’sinda umumlashgan tayyorgarlik holati, reaksiyaning yaqqol
natijasining kodlashtirilgan neyrodinamik modeli, mazkur reaksiya vaqtini
oldindan payqash, qolaversa yaxlit faoliyat tuzilishining ajralmas jabshasi
shisoblanadi. Shuning uchun ustanovka o’zgaruvchanlik
va barqarorlik jips
birligini aniqlashga xizmat qiladi. U o’zining o’zgaruvchanlik bilan munosabat
bildirishi javob qaytarishning barqarorligini ta'milaydi.
Ustanovkaning yuksakroq bosqichi anglanish ko’rinishga ega bo’ladi.
Guruhiy va jamoaviy munosabatlarda uning a'zolarini ishontirish (ularga ta'sir
o’tkazish) orqali muayyan yo’nalishga safarbar qilish; fikrlarda umumiylikni
vujudga keltirish holatlari bunga yorqin misoldir ishonish va ishontirish
odamlarning xarakter xislatiga, xulq-atvoriga bevosita bog’liq. Bu holat
psixologiyada eksperimental tarzda tadqiq etilgan. Masalan, sinaluvchilarga
ma'lum vaqt oralig’ida soatiga qaramay, sekundlarini o’z
ichida sanash orqali bir
minutning cho’zilishini aniqlash imkoniyatiga ega bo’lganlar. Keyinchalik bu
sanash signal berish bilan tekshirilib turilgan, ba'zan "yolg’on" signallar, ya'ni
lampochka yonish bilan tajriba bo’linishga yo’l qo’yilgan. qatnashchilarda
eksperimentatorga ishonch bo’lganligi sababli xatolarga yo’l qo’yishgan.
Ishonuvchanlikni aniqlashda "konformizm" (kelishuv, murosa-yu, madora)
dan foydalanilgan. Ichki va tashqi kelishuvchanlik (konformizm),ichdan
kelishmovchilik (nokonformizm) guruhiy ishonuvchanlik moshiyatini o’rganish
uchun ob'ekt sifatida foydalanishgan. Bir guruh odamlarning ochiq ovoz berish
konformizmning namoyon bo’lishidir. Lekin konformizm "soxtalik"ni ham keltirib
chiqarish mumkin, uning aks ettiruvchisi esa konformist deb ataladi, ko’pincha
ideallardan voz kechish shollari ham uchrab turadi.
Xulq-atvor va faoliyatning anglanilmagan omillari qatoriga mayllar kiradi.
Shali differensiyalashmagan, yetarli darajada anglanilmagan
eshtiyojdan tashkil
topgan xulq-atvor va faoliyatini amalga oshirishga undovchi omil mayl deb ataladi.
Moyillik holatiga kirib borayotgan shaxs uchun jalb qilayotgan ob'ektida uni nima
qiziqtirayotgani va qaysi alomat o’ziga tortayotgani sababi noaniqligi. Faoliyat
maqsadi sub'ektiga noma'lumligi tufayli mayl shukm suradi. Bunday psixik holat
insonlarda tez-tez uchrab tursa-da, lekin o’zining tezkor o’tkinchligi bilan boshqa
voqealardan
ajralib
turadi.
Odatda
ushbu
moshiyatli
psixik
holatni
harakatlantiruvchi eshtiyoj so’nishi yoki tilakka aylantirish mumkin. Binobarin, u
xoshish, niyat, orzu, fantaziya kabi shakllarga aylantirish tufayli shaxs tomonidan
anglaniladi. Bunday shakldagi mayllarning odamlarda mavjud bo’lishi ularning
yaqin va uzoq kelajakka intilishlardan dalolat beradi.
Z.Freyd mayllarga nisbatan o’ziga xos nazariya yaratgan bo’lib,u aksariyat
holatda jinsiy (instinktiv) mayllar to’g’risida mulohaza yuritadi (libido-jinsiy
mayl), "edip kompleks" ("Shosh Edip" asari bo’yicha), "psixoanaliz" atamalari
orqali qo’rqish, shimoya, begonalashish singari instinktiv moyillikni talqin qiladi.
Shuni ta'kidlab o’tish o’rinlik, har qanday anglanilmagan mayllar o’zidan
o’zi yo’qolib ketmaydi,
balki ular bir bosqichdan, ko’rinishdan ikkinchi turga,
shakllarga almashadi, mutlaqo boshqacha yangi sifatga ega bo’ladi. Ular
maqsadga, talabga o’sib o’tishi bilan anglanilganlik darajasiga erishadi. Ko’ngil
g’ashlik, ruhan bezovtalanish, noma'um xatti-harakatlar sababi insonga noma'lum
bo’lsa, ular anglanilmagan darajada ekanligini bildiradi va mayl funksiyasini
bajaradi.
Dostları ilə paylaş: