o’rtasidagi o’zgarmas, barqaror munosabatlar, ob'ektning
muhim xususiyatlari
hodisaning qonuniyati deyiladi. Ularda o’zgarmas xususiyatlar va qonuniyatlarning
mavjudligi o’zgarishlarni oldindan payqash, harakatlarni muvofiq yo’naltirish
imkonini vujudga keltiradi. Tashqi, yaqqol faoliyat favquloddagi davrda ichki
timsoliy (psixik) faoliyat tarzida shis etiladi. Ob'ektlarga yo’naltirilgan
yaqqol
harakatlar ularning muhim xususiyatlariga mo’ljallangan timsoliy jarayon bilan
almashtiriladi.
Xuddi shu sababdan tashqi, yaqqol harakatdan, ichki,
timsoliy harakatga
mana shu tarzda o’tish jarayoni interiorizasiya (ichki tarzga aylanish) deb ataladi.
Interiorizasiya muammosi rus olimlari L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, P.Ya.Galperin
va ularning shogirdlari tomonidan turli jabshalarda tadqiqot qilingan.
Interiorizasiya harofati bilan inson psixikasi muayyan vaqt oralig’ida uning idrok
maydonida yo’q narsalarning timsoli (obrazi)dan foydalanish qurbiga ega bo’ldi.
Shu narsa ma'lumki, bunday o’zgarishlarning muhim quroli bo’lib so’z, o’zgarish
vositasi sifatida nutqiy faoliyat xizmat qiladi. Shuning uchun so’zlarni to’g’ri
ishlatishga
odatlanish
favqulodda
buyumlarning
muhim
xususiyatlarini
axborotidan foydalanishning usullarini o’zlashtirish demakdir.
Inson faoliyati murakkab va o’ziga xos jarayon bo’lib, shunchaki
eshtiyojlarni qondirishdan iborat emas, balki ko’pincha
jamiyatning maqsadi va
talablari bilan belgilanadi. Xuddi shu boisdan qo’yilgan maqsadning
anglanilganligi va unga erishish bo’yicha ish harakatlari tajribasi anglanilganligi va
unga erishish bo’yicha ish harakatlari tajribasi bilan bog’liq ekanligi inson
faoliyatining o’ziga xos belgisi bo’lishini tasdiqlaydi.
Shuning uchun shaxs faoliyatining jismoniy (tashqi) va psixik (ichki)
tuzilmalari bir-biri bilan uyg’unlashganligi ko’zga tashlanadi. Inson faoliyatining
tashqi jabshasi uning atrof mushitga ta'sir ko’rsatishga mo’ljallangan sa'i-harakatlar
ichki (psixik) jishatiga bog’liq bo’lib,
ularni motivlashtiradi, bilishga undaydi va
boshqaradi. Shuningdek, tashqi jabsha o’z navbatida: a)psixik faoliyat buyumlar va
jarayonlar xususiyatlarini o’zida namoyon qiladi; b) ularning maqsadga muvofiq
tarzda qayta o’zgartirilishini
amalga oshiradi; v) psixik andozalar o’xshashligini,
natijalar va harakatlarning kutilmalariga muvofiqligini ko’rsatadi; g) ularni
uzluksiz ravishda yo’naltirib va nazorat qilib turadi. Shunga muvofiq ravishda
tashqi, yaqqol faoliyatni ham ichki (psixik) faoliyatning eksteriozasiyalashuvi
(tashqi tarzga aylanishi) deb basholash maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: