183
maydon ta’sirida mexanik deformatsiyalarning paydo bo`lishi. Boshqacha qilib
aytganda, to`g`ri p’yezoeffektda p’yezoelektrik namunani deformatsiyalab ushbu
predmet yuzalari orasida elektrik kuchlanish paydo qilinadi, teskari p’yezoeffektda
ushbu namunaga tok ulansa, u deformatsiyaga uchraydi (shakli o`zgaradi yoki
vibratsiyalanadi) (3.3.1-rasm).
To`g`ri p’yezoeffekt 1880 yilda aka-uka
Jak
va
P’er Kyuri
tomonidan
aniqlangan. Ular kvartsga bosim (kuch) ta’sir qilganda elektr zaryadlar paydo
bo`lishini aniqlashgan. Teskari effekt 1881 yilda
Lippman
tomonidan termodinamik
tahlil asosida nazariy aniqlangan. Shu yili aka-uka Kyurilar ushbu effektni
eksperimental isbotladilar. Ular kvartsga elektr maydoni bilan ta’sirlashib, uni
mexanik deformatsiyalanishiga olib kelindi (3.3.2-rasm).
Dostları ilə paylaş: