179
narxining pastligi bilan xarakterlanadi, ularda
harakatchan zichlagichlar
ishlatilmaydi.
3.2.22-rasm.
Membranali pnevmoyuritma
Membranali pnevmoyuritmalar sxemasi 3.2.23-rasmda ko`rsatilgan.
Richag-yukli yuritmalarda membranada hosil qilinadigan kuch yukning
o`zgarmas og`irlik
kuchi hisobidan, prujinali yuritmalarda esa shtok harakatiga
proportsional o`zgaruvchan
kuch bilan
muvozanatlashtiriladi.
Prujinasiz
yuritmalarda membranaga ta’sir qiluvchi bosim ikki tomondan rostlanishi mumkin.
Quvur armaturasida rezinali yassi membrana ishlatiladi. Membranadan
shtokka kuch tayanch disk orqali uzatiladi. Bu
disk membrana uchun tayanch
maydonchani hosil qiladi.
Rostlanadigan armaturalarda eng ko`p prijinali yuritmalar ishlatiladi. U
yordamida tashqi buyruqqa mos ravishda plunjer kerakli qiymatgacha siljitiladi va
kerakli holatda saqlab turiladi (3.2.24-rasm).