243
Rivojlanadigan tormoz momenti boshqaruv tokiga to`g`ri
proportsional
bo`lib, sirpanish tezligiga kam bog`liq. Tashqi diametri 100 mm bo`lgan tormoz
aylanma tezliklar 10....15 m/s bo`lganda 20 N·m ga teng tormoz momentini hosil
qilishga qodir.
Tok boshqaruvi bo`lmagan taqdirda qoldiq
moment nominal momentning
0,5% dan ko`p bo`lmaydi.
Diskli tormozli elektrodvigatellar (3.6.10-rasm) mashina aylanuvchi
qismlarini tormozlash uchun ishlatiladi, ularning vazifasi quyidagilar:
•
yuritma xavfsizlik funktsiyasini ta’minlash uchun avariyali tormozlash;
•
pozitsiyalash
funktsiyasini
ta’minlash
uchun
mashina
ijrochi
mexanizmlarini to`xtatish;
•
elektr ta’minoti berilishi to`xtatilganda yuritmani to`xtatish
vaqtini
minimallashtirish.
3.6.10-rasm. Diskli tormozli elektrodvigatel
1-podshipnik shitini mahkamlovchi vint; 2-oldingi podshipnik shiti; 3-oldingi
podshipnik; 4-chiqish korobkasi qopqog`i; 5-qopqoqni mahkamlash vinti; 6-
prokladka; 7-klemma kolodkasi; 8-stanina; 9-shponka; 10-rotor val bilan; 11-
elektrmagnit tormozi; 12-orqadagi podshipnik; 13-prujinali xalqa; 14- orqadagi
podshipnik shiti;15-ventilyator; 16-ventilyator g`ilofi.
244
Elektrdvigatel ishsiz holatida tormozlangan bo`ladi,
bunda prijinalar
yakorga bosuvchi ta’sir qiladi, yakor o`z navbatida tormoz diskiga qisiladi, tormoz
diski blokirovkalanadi va tormozlovchi moment hosil bo`ladi.
Elektrdvigatel elektrmagniti katushkasiga elektr kuchlanish berilganda
elektrmagnit yakorni o`zigа tortadi va yakor tormoz ta`siridan chiqadi hamda
yakor
elektrdvigatel valini aylanma harakatga keltiradi.
Dostları ilə paylaş: