Zbekiston respublikasi


 Yo`naltiruvchilarning vazifasi va turlari



Yüklə 10,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/219
tarix17.09.2023
ölçüsü10,93 Mb.
#144789
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   219
K. Gafurov - Mexatronika 1-qism

3.6.4. Yo`naltiruvchilarning vazifasi va turlari 
 
Mexanizm elementlariga berilgan nisbiy harakatni ta’minlab beruvchi 
qurilmalar 
yo`naltiruvchilar
deb ataladi. 
MM da asosan ilgarilanma harakat uchun yo`naltiruvchilar ishlatiladi. Ular 
bir detalni ikkinchi detalga nisbatan berilgan aniqlik bo`yicha siljitish uchun 
ishlatiladi. Yo`naltiruvchilarga quyidagi talablar belgilangan: 
-
harakatni turkkisiz amalga oshirish
-
ishqalanishning uncha katta bo`lmasligi; 
-
ishlash resursining kattaligi; 
-
siyqalanishga chidamli; 
-
haroratning keskin o`zgarishlarida ishlash qobiliyati. 
Ishqalanish turiga qarab sirpanadigan va tebranadigan yo`naltiruvchilar 
tavsiflanadi. Yo`naltiruvchilar va konstruktiv sxemalar turi quyidani faktorlarga 
qarab tanlanadi: yo`naltiruvchilarning vazifasi, harakatning aniqligi, ruxsat etilgan 
yuklama, ishqalanish kuchi kattaligi, yaratish narxi, o`rnatish qiyinligi va xizmat 
ko`rsatish imkoniyatlariga qarab tanlanadi. 
Sirpanish va tebranish yo`naltiruvchilari qabul qiladigan yukiga qarab ochiq 
va yopiq turlariga bo`linadi. Ochiq turlariga kuch zanjirini yopish uchun qo`shimcha 
kuchlar ishlatish (harakatlanuvchi detalning massasi, yassi yoki spiralsimon 
prujinaning va membrananing kuchi) zarur bo`lgan qurilmalar kiradi. Yopiq 
turlariga kuch zanjiri uning konstruktiv formalari yordamida amalga oshiraladi. 


245 
Ishchi 
yuzasining 
shakliga 
qarab 
yo`naltiruvchilar 
silindrsimon, 
prizmasimon, Н-, П-, T-simon, shu bilan birga “qaldirg`och dumi”simon bo`lishi 
mumkin. 
Sirpanish yo`naltiruvchilari. 
Sirpanish yo`naltiruvchilari konstruktsiyasi 
tebranish yo`naltiruvchilaridan soddaroq hamda kichikroq gabarit o`lchamlarga ega. 
Material turiga qarab ular harorat o`zgarishlariga chidamli bo`lib hisoblanadi.
Ularning kamchiliklaran biri bu ishqalanishda energiya sarfining ko`pligi 
hisoblanadi.
Sirpanish juftligi 40, 50, У8A markali po`lat СЧ12, СЧ15 markali cho`yan 
bilan, bronza БрOС10—2, БрOФ10—1, БрOTСС, latun bilan hosil qilinadi. Po`lat 
– bronza, po`lat –latun, po`lat-cho`yan juftliklari maqsadga muvofiqdir. Agar MM 
keskin harorat o`zgarishlarida ishlatilsa, unda chiziqli kengayish issiqlik 
koeffitsiyenti bir-biriga yaqin bo`lgan materiallarni ishlatish kerak. 
Yopiq sirpanish yo`naltiruvchilarning konstruktiv sxemasi 3.6.11, 
a

б

в

hamda 3.6.12, 
a-б
rasmlarda berilgan. 
 

Yüklə 10,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin