Zbekiston respublikasi


Takrorlash va mustaqil ishlash uchun savollar



Yüklə 10,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/219
tarix17.09.2023
ölçüsü10,93 Mb.
#144789
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   219
K. Gafurov - Mexatronika 1-qism

Takrorlash va mustaqil ishlash uchun savollar 
1.
Mexatron modullar klssifikatsiyasini tushuntiring.
2.
Aylanuvchi mexatronik stolning tuzilishini aytib bering. 
3.
Aylanuvchi mexatronik stolning ishlash printsipini tushuntiring. 
4.
“Harakat moduli” va “Mexatronik harakat modullari” haqida 
tushuncha bering va ular orasidagi farqni ko`rsating.
5.
Harakat modullarini ishlash printsipini tushuntiring.
6.
Mexatron harakat modul tarkibiga nimalar kiradi?
7.
Mexatron harakat modullarning strukturaviy va funktsional 
sxemalarini tushuntiring.
O`quv-uslubiy tarqatma materiallariga misollar 

Asosiy tayanch so`z va iboralar. 

Asosiy tayanch tushunchalar. 

Mavzu bo`yicha asosiy rasm va illyusrtatsiyalar. 


307 
§4.3. INTELLEKTUAL MEXATRONIKA MODULLARI 
 
4.3.1.
 
Intellektual mexatronika modullariga tushuncha 
Intellektual mexatron modullar (IMM)
ning yaratilishi mexatronika 
rivojlanishi zamonaviy bosqichining asosiy xususiyati hisoblanadi. Mexatron 
harakat modullaridan farqi - ularda qo`shimcha ravishda mikroprotsessorli hisoblash 
qurilmalari va kuchli elektron o`zgartirgichlar o`rnatilgan bo`ladi. Bu esa IMMlarga 
intellektuallik xossalarini yaratadi. 
Intellektual mexatron modullar uchun modullik printsipi xos bo`lib 
hisoblanadi. 
Kontroller + kuch o`zgartirgich + dvigatel + mexanizm + datchik
modullarining birlashmasi va kontrollerning belgilangan 
dasturiy ta`minoti
bo`lgan taqdirda 
intellektual mexatron ijro etuvchi mexanizm
bo`lib hisoblanadi. 
Ammo bu elementar modullar asosida yasalgan ijro etuvchi mexanizmlar berilgan 
talablarga hamma vaqt ham javob bera olmaydi. Zamonaviy yuqori texnologik 
intellektual modul (IM)larni yaratishga mexatron yondoshishni, mexanik, 
elektromexanik, elektron, elektrotexnik, kompyuter va interfeys elementlarining 
o`zaro hamkorligini, oraliq energiya va ma`lumotlar hosil bo`lishini 
minimallashtirishni, hamda elektr va mexanik interfeyslarning alohida blok sifatida 
ishlashini talab qiladi. Bu talablar ijrochi mexanizmlarining ixchamligi, aniqligi va 
tannarxi kabi ko`rsatgichlarni yaxshilashga olib keladi. 
Intellektual mexatron modul
(IMM)larda zamonaviy mexatron modullarning 
3 ta komponentlari birlashtirilgan – elektromexanik, elektron va kompyuterli.
Mexatron modullarning zamonaviy rivojlanishi bo`lib ularning ko`p 
funktsional harakatlarini intellektuallashtirish xizmat qiladi. Texnik jihatdan 
intellektual mexatronik modullarini rivojlantirish mikroprotsessor tizimlarining 
jadal rivojlanishi bilan bog`liqdir. Ishlab chiqarish texnologiyalarining rivojlanib 
borishi mikroprotsessorlar narxining pasayishiga va rentabelligining oshirishga va 
shu sababli uni amaliyotga keng qo`llashga olib keladi. 


308 
Harakatlanish mexatron modullarning intellektuallashuvi interfeysli 
birlashish nuqtasiga qarab 3 yo`nalishga bo`linadi: 
1.
Boshqaruv kontrollerini yuqori bosqichdagi kompyuter bilan yaxlit 
apparat-dastur boshqaruv kompleksiga bog`lovchi integrallashgan interfeyslarni 
yaratish. 
2.
Boshqaruv kontrollerlari va kuch o`zgartirgichlarni integratsiyalash 
orqali intellektual kuch modullarini yaratish. 
3.
Barcha oddiy o`lchov vazifalaridan tashqari signallarga kompyuterli 
ishlov beruvchi va ularni dasturlarga mos ravishda o`zgartiruvchi intellektual 
sensorlarini yaratish. 
Kompyuterli boshqarish qurilmalari (KBQ)ning mexatron modullarda 
texnik qo`llash usullarining ko`rib chiqamiz. 

Yüklə 10,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin