Zbekiston respublikasi


-rasm. Harakat kontrolleri blok-sxemasi



Yüklə 10,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/219
tarix17.09.2023
ölçüsü10,93 Mb.
#144789
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   219
K. Gafurov - Mexatronika 1-qism

4.3.1-rasm. Harakat kontrolleri blok-sxemasi 
Boshqarishning 
moslashuvchanligi 
qo`llanilayotgan 
mikroprotsessor 
tomonidan ta’minlanadi.
Funktsional harakatlarni rejalashtirish amaliy dasturiy paketlar yordamida 
yuqori bosqich kompyuterdagi operator tomonidan amalga oshiriladi. Bundan 
tashqari kompyuter kontroller uchun standart interfeys (masalan, 
RS-232C
) orqali 
yuboriladigan topshiriqlarni avtomatik generatsiya qiladi. Bu topshiriqlar ijrochi 
dvigatel valining talab qilingan holati, tezligi va tezlanishini vaqt bo`yicha o`zgarishi 
qonuniyatini ko`rsatadi 
“Ichiga o`rnatilgan kontroller” arxitekturasida harakatni boshqarish uchun 
apparat platformasi sifatida personal kompyuter (
PC
) ishlatiladi. Bu mexatron 
modul va tizimlarning ko`p funktsiyali harakatini rejalashtirish va boshqarish, 
axborot-o`lchov ma`lumotlarini qayta ishlash funktsiyalarini bitta qurilmada 
bajarish imkonini beradi. Foydalanuvchi nuqtai nazaridan buning afzallik tomonlari 
oddiy - operatsion tizimlar va dasturiy vositalarning (
AutoCAD, Excel, Windows 
NT/95/3.1, 
C++
va 
b.) 
harakatni 
dasturlaydigan 
tizimlar 
bilan 
integratsiyalashuvidir. Boshqaruv kompyuterlarining bitta tarmoqda birlashtirish 
yacheyka, sexlar va korxonalarni avtomatlashtirish vazifalarini bajarishda 
taqsimlangan boshqaruv komplekslarini yaratish imkoniyatini beradi. Bunda 


312 
PC
dagi modul strukturasi apparatni issiqlik, tebranish va ishlab chiqarishning 
boshqa ta’sirlaridan himoyalaydi.
Ichiga o`rnatilgan kontrollerlar kompyuterning qo`shimcha raz’yomiga
ulangan maxsus platalar (
plug-incard
) sifatida ishlab chiqariladi. Kontroller va 
PC
orasidagi ma’lumot almashtirish adres va ma`lumotlarning oddiy shinasi (32-bitli)
orqali amalga oshiriladi. Oddiy shina standartlari 
ISA, STD, VME
va 
IBM-PC Bus
bo`lishi mumkin. Kontroller platasida shu bilan birga yuritma kuch o`zgartirgichi, 
teskari aloqa datchigi (analogli va raqamli), tashqi diskret kirish/chiqish uchun 
kerakli raz’yom joylari mavjud.

Yüklə 10,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin