314
organ (masalan, sanoat robotining qo`li yoki nazorat-o`lchash mashinasining sezgir
organi)ning fazodagi holati va orientatsiyasi.
Zamonaviy enkoderlarning (aylanish burchagini o`lchovchi sensorlarning)
ajralib turadigan afzalliklari: ham harakatni, ham harakat tezligini o`lchash
imkoniyati; o`lchashdagi yuqori aniqlik va past shovqinlar; ko`plab qayta o`lchash;
konstruktiv ixchamlilik va mexatron modul ichiga o`rnatish imkoniyati.
Absolyut enkoderlar chiqish signalini real vaqt rejimida kompyuterli qayta
ishlash uchun qulay bo`lgan kod shaklida chiqaradi.
Enkoderlarni intellektuallashrish uchun ular korpusida mikroprotsessor
o`rnatiladi. Mikroprotsessor quyidagi vazifalarni bajaradi: datchik axborotini
kodlashtirish, o`lchash xatoliklarini aniqlash, signalni masshtablashtirish va standart
protokol orqali joriy kodni harakat kontrolleriga uzatish.
Enkoderlarni
yaratishning
zamonaviy
tendentsiyasi
konstruktiv
elementlarni (val, podshipniklarni) va kodlovchi disk, fotoelement va
mikroprotsessorni bitta sensor modulida birlashtirishni ko`zga tutadi.
Dostları ilə paylaş: