353
4.5-rasmda keltirilgan qurilma rele bo`lib u yordamida elektr o`lchov
asboblarini o`chirish va yoqish mumkin. Relega 220 V elektr tarmog`i ulasa ham
bo`ladi. Rele moduli barcha elektr bog`lamalarini o`z ichiga oladi. Releda normal
ochiq (
NO
) va normal yopiq kontakt (
NC
) bor. Bu tizimni yaratish uchun qulay
bo`lib signal kelganda rele ishga tushadi. Modul kirishida maytiqiy 1 berilganda rele
ishlaydi. Boshqarish o`zida o`rnatilgan kalit orqali amalga oshadi. Bunda
boshqaruvchi signal sifatida 3-5 Vgacha kuchlanish ishlatish mumkin bo`ladi.
Shuningdek modulni boshqa platalardan boshqarsa ham bo`ladi.
Ulash.
Rele modul boshqaruvchi elektronikaga 3 ta sim orqali ulanadi.
Arduino
ga ulash uchun troyka shild va shleyf kompleksini qo`llash mumkin.
Simlardan ozod bo`lish uchun releni shleyfning o`ziga o`rnatish mumkin.
Rele o`zgaruvchan tokning 16 A gacha yuklamasini 220 V da boshqarishi
mumkin. O`zgarmas tokda esa 7 A gacha yuklamani 30 V da boshqaradi. 30 V dan
kichik kuchlanishda tok yuqori bo`lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: