Zbekiston respublikasi



Yüklə 10,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə188/219
tarix17.09.2023
ölçüsü10,93 Mb.
#144789
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   219
K. Gafurov - Mexatronika 1-qism

 
 
5.2.2-rasm. Intellektual boshqichi boshqarish tizimi strukturasi 
Boshqarish maqsadi keng ma’noda beriladi (masalan, zagotovkani olib 
kelish, uni stanokka berish, zagotovkaga mexanik ishlov berish va sifatini 
tekshirish hamda uni boshqa stanokka uzatish). Zamonaviy MTlarda intelluktual 
bosqarish bosqichi vazifalarini inson-operator yoki yuqori bosqichdagi EHM 
bajaradi. Bu bosqichda o`zgarib borayotgan murakkab tashqi holat tahlil qilinadi, 
bajaraladigan harakatlar haqida qaror qabul qilinadi va uni strategik bosqichga 
yetkaziladi.


346 
Bu bosqichdagi boshqarish tizimi tashqi holat haqidagi masalalarni 
anglaydi va uni tushunadi, hamda ulardan va ish tajribasidagi axborotdan 
foydalanib avtomatik ravishda masalani yechish qarorlarini qabul qiladi.
MTlardagi intellektual tizimlar ikkita asosiy g`oyalarga tayanadi: 
tashqi 
holatlarni tahlil qilish asosida boshqarish (holat boshqaruvi) va bilimlarni qayta 
ishlashning zamonaviy qayta ishlash texnologiyalari. 
Asosiy tayanch so`z va iboralar 
Boshqaruv iyerarxiyasi; ijro etish bosqichi;
taktik boshqarish bosqichi; 
intellektual boshqarish boshqichi
Asosiy tayanch tushunchalar 
* Iyerarxik struktura 
– bu bir-biri bilan o`zaro ta’sirlashadigan kichik 
tizimlarning ko`p boshqichli yig`indisi (birlashuvi). Bunda har qaysi kichik tizim 
(podsistema) ma’lum bir vazifani bajarish uchun mas’uldir va o`zi egallagan 
boshqichdagi boshqarish vazifalarini bajarish uchun kerak bo`lgan sensorlar bilan 
bog`langan. 
* Zamonaviy MTlarda, qoida bo`yicha, “yuqoridan-pastga” ierarxiya 
sxemasi qo`llaniladi, bunda pastki bosqichdagi kichik tizimlar yuqoridagisiga 
so`zsiz bo`ysunadi. Bunaqa struktura iyerarxiyaning har bir boshqichida va 
MTning o`zida boshqarishni moslanuvchanligi va umumiy rejani bajarishini 
ta`minlaydi. 
* Bunday boshqarishni tashkil qilishda MTning ma’lum qismi 
xarakteristikalriga o`zgartirish kiritilganda ma’`lum bosqichdagi boshqarish 
qismlari algoritmida o`zgarish sodir bo`ladi. Bunda boshqa bosqichdagi algoritmik 
ta`minot o`zgarishsiz qoladi. 
* Mexatronik (robototexnik) tizimlar uchun xarakterli bo`lgan boshqarish 
iyerarxiyasida 4 ta boshqarish bosiqichi ajratiladi: intellektual, strategik, taktik va 
ijro etuvchi boshqarish bosiqichlari. 


347 

Yüklə 10,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin