248
Bu modullar 500 m/min
tezlikni, 10 m/s
2
tezlanishni hamda ko`p harakat
qaytarilishni <0,1 mm ni ta’minlaydi. Ishlash shovqini past va ishonchlilik darajasi
baland.
Asosiy tayanch so`z va iboralar
Tormozli qurilmalar; prujinali va rezinali tormozlovchi qurilmalar; friktsion
tormozlovchi uskunalar; elektromagnit tormozli qurilmalar; harakat
yo`naltiruvchilari
Asosiy tayanch tushunchalar
*
Tormozli qurilmalar
deb mexatronik modullar harakatchan
zvenolarining tezligini pasaytirsh, ularni to`xtatish va qo`zg`almas
holatda
ma`lum vaqt ichida saqlash (fiksatsiyalash) funksiyalarini bajaruvchi
qurilmalariga aytiladi.
* Tormozlashda harakatchan massalarning tezlanish olayotgandagi kinetik
energiyasi qayta tiklanadigan va tiklanmaydigan boshqa energiyaga (potentsial va
issiqlik energiyalariga) o`tadi. Tormozli qurilmalar tormozlash uchastkasida
manfiy ish bajaruvchi va harakat yo`nalishiga qarshi bo`lgan qo`shimcha kuch va
qarshilik momentini hosil qiladilar.
*
Mexatronik modullar tormozli qurilmalariga quyidagi asosiy talab
qo`yiladi:
berilgan tormozlash qonunini ta`minlash; pozitsiyalash nuqtalarida
harakatchan elementlarni fiksatsiyalash va to`xtatishni zarbasiz amalga oshirish;
yuqori ishonchlilik va konsruktsiyasining
uzoqqa chidashi; konstrutsiyasining
soddaligi va kompaktligi; ishlash sharoiti o`zgarganda
xarakteristikalarining
stabilligi; temperatura, namlik, tormozlash massasi, tezlikning o`zgarishlariga
kichik
sezgirligi; rostlashning mumkinligi; ishlatish va ta`mirlash qulayligi;
narxining arzonligi; minimal gabarit va massasi.
* Tormozli qurilmalarida qo`llaniladigan
kuchga qarab ular
mexanik,
elektrik, gidravlik, pnevmatik va kombinatsiyalashganlarga
bo`linadi.
249
* Mexanizm elementlariga berilgan nisbiy harakatni ta`minlab beruvchi
qurilmalar
Dostları ilə paylaş: