5.2.2-rasm. Intellektual boshqichi boshqarish tizimi strukturasi
Boshqarish maqsadi keng ma’noda beriladi (masalan, zagotovkani olib
kelish, uni stanokka berish, zagotovkaga mexanik ishlov berish va sifatini
tekshirish hamda uni boshqa stanokka uzatish). Zamonaviy MTlarda intelluktual
bosqarish bosqichi vazifalarini inson-operator yoki yuqori bosqichdagi EHM
bajaradi. Bu bosqichda o`zgarib borayotgan murakkab tashqi holat tahlil qilinadi,
bajaraladigan harakatlar haqida qaror qabul qilinadi va uni strategik bosqichga
yetkaziladi.
346
Bu bosqichdagi boshqarish tizimi tashqi holat haqidagi masalalarni
anglaydi va uni tushunadi, hamda ulardan va ish tajribasidagi axborotdan
foydalanib avtomatik ravishda masalani yechish qarorlarini qabul qiladi.
MTlardagi intellektual tizimlar ikkita asosiy g`oyalarga tayanadi:
tashqi
holatlarni tahlil qilish asosida boshqarish (holat boshqaruvi) va bilimlarni qayta
ishlashning zamonaviy qayta ishlash texnologiyalari.
Asosiy tayanch so`z va iboralar
Boshqaruv iyerarxiyasi; ijro etish bosqichi;
taktik boshqarish bosqichi;
intellektual boshqarish boshqichi
Asosiy tayanch tushunchalar
* Iyerarxik struktura
– bu bir-biri bilan o`zaro ta’sirlashadigan kichik
tizimlarning ko`p boshqichli yig`indisi (birlashuvi). Bunda har qaysi kichik tizim
(podsistema) ma’lum bir vazifani bajarish uchun mas’uldir va o`zi egallagan
boshqichdagi boshqarish vazifalarini bajarish uchun kerak bo`lgan sensorlar bilan
bog`langan.
* Zamonaviy MTlarda, qoida bo`yicha, “yuqoridan-pastga” ierarxiya
sxemasi qo`llaniladi, bunda pastki bosqichdagi kichik tizimlar yuqoridagisiga
so`zsiz bo`ysunadi. Bunaqa struktura iyerarxiyaning har bir boshqichida va
MTning o`zida boshqarishni moslanuvchanligi va umumiy rejani bajarishini
ta`minlaydi.
* Bunday boshqarishni tashkil qilishda MTning ma’lum qismi
xarakteristikalriga o`zgartirish kiritilganda ma’`lum bosqichdagi boshqarish
qismlari algoritmida o`zgarish sodir bo`ladi. Bunda boshqa bosqichdagi algoritmik
ta`minot o`zgarishsiz qoladi.
* Mexatronik (robototexnik) tizimlar uchun xarakterli bo`lgan boshqarish
iyerarxiyasida 4 ta boshqarish bosiqichi ajratiladi: intellektual, strategik, taktik va
ijro etuvchi boshqarish bosiqichlari.
|