Zbekiston respublikasi


-rasm. «Bavun» firmasining prujinali tormoz qurilmasi



Yüklə 10,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/219
tarix17.09.2023
ölçüsü10,93 Mb.
#144789
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   219
K. Gafurov - Mexatronika 1-qism

3.6.1-rasm. «Bavun» firmasining prujinali tormoz qurilmasi 
KEB Combistop M
firmasi prujinali tormozi (3.6.2-rasm) elektrmagnitli 
prujinali tormoz bo`lib, ikkita tormoz tekisligiga ega, va bu tekisliklarning tormoz 


231 
kuchi prujina orqali hosil qilinadi hamda elektrmagnit kuchi yordamida 
ko`paytiriladi. 
 
 
3.6.2-rasm. KEB Combistop M firmasi prujinali tormozi
Prujinali qurilmalarning afzalliklariga
uning katta deformatsiyalarda 
ishlashi, uzoq muddatli statik yuklamalarga chidamliligi, harorat o`zgarishlariga 
chidamliligi kiradi. Shu bilar birga uning quyidagi 
kamchiliklari 
bor: kuch 
xarakteristikalarini rostlashning qiyinligi; prujinaning boshlang`ich qisish 
tormozlanadigan massasaga nisbatan yuklamaning ortishiga olib keladi.
O`q bo`yicha bosiladigan tormozlar
Bu turdagi tormozlarda tormozlovchi 
moment tormoz vali o`qi bo`yicha ta`sir qiladi. Bular diskli va konusli bo`ladi.
Diskli tormozlarda kerak bo`lgan ishqalanish momenti qo`zg`almas disklar 
1
ni tormozlovchi val bilan birga aylanuvchi disklar 
2
ga bosish yordamida hosil 
qilinadi (3.6.3-rasm). Yopuvchi oxirgi kuch sifatida prujina kuchi, yuk og`irligi yoki 
inson kuchi xizmat qilishi mumkin. Bu kuchlar richagli, gidravlik yoki pnevmatik 
tizimlar orqali yetkaziladi. 


232 
 
 
 
 
 
 
 
3.6.3-rasm. Prujina kuchi 
yordamida ishlovchi diskli 
elektrmagnit yuritmali diskli 
tormoz 
Rezinali tormozlovchi qurilmalar
bir nechta ketma ket ulangan elementlarni 
o`z ichiga oladi (3.6.4-rasm, 
a
), hamda rezinali vtulka 
 1
va metall shaybalar 
2
dan 
tashkil topgan. Tormozlash qurilmalarning konstruktsiyasiga qarab rezinali 
vtulkalar qisishga (3.6.4-rasm, 
a,b
) yoki siljishga (3.6.4-rasm, 
c
) moslab ishlaydi. 
Qisishga moslab ishlaydigan vtulkalar uncha katta bo`lmagan ta’sirchanlikka ega, 
ammo ko`proq yuk ostida ishlashga mo`ljallangan, siljitish vtulkasi esa katta 
ta’sirchanlikka ega va uncha katta bo`lmagan kuch ostida ishlaydi. 
Rezina uncha katta bo`lmagan kuchlanish ostida o`z shaklini o`zgartiradi. 
Yopiq muhitda o`zini qisilmaydigan suyuqlik sifatida tutadi. Shuning uchun 
qisishga ishlaydigan rezinali elementlar uchun qisish o`qiga nisbatan perpendikulyar 
ravishda deformatsiya bo`lishini ta`minlashni nazarda tutish lozim. 
Muntazam ko`ndalang kesimga ega bo`lgan (3.6.4-rasm, 
a,b
) rezinali 
elementni bir o`qli qisishda sodir bo`ladigan elastik qarshilik kuchi quyidagiga teng: 
𝐹 =
𝑐ℎ𝑥
ℎ − 𝑥
bu yerda 
c
- rezinaning o`q bo`yicha qattiqligi, N/mm. 


233 

Yüklə 10,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin