299
rotori planshayba va gidrotormoz bilan bog`langan. Bundan tashqari rotorda holat
va tezlik datchiklari o`rnatilgan. Gidrotormoz planshaybani
texnologik jarayon
uchun kerak bo`lgan holatda to`xtatib turadi. Elektrdvigatel rotorini planshayba
bilan reduktorsiz bog`lash lyuftni yo`qotishga imkon beradi, bu o`z
navbatida
stolni pozitsiyalash aniqligini va uning texnologik imkoniyatlarini oshiradi. Bunda
stolning konstruktsiyasi soddalashadi, detallar soni kamayadi,
mustahkamlik
oshadi.
4.2.3-rasm. Aylanuvchi mexatronik stol sxemasi
4.2.4-rasm. Taqqoslash uchun reduktorli va to`g`ri yuritmali stollar sxemalari
300
To`g`ridan to`g`ri reduktorsiz ishlatiladigan yuritma stol konstruktsiyasini
soddalashtiradi va avtomatlashtirish vositalarini qo`llashni osonlashtiradi
Aylanuvchi mexatronik stolning funksional sxemasi 4.2.5-rasmda ko`rsatilgan.
4.2.5-rasm. Aylanuvchi mexatronik stolning funksional sxemasi
KO`B – kuchatiruvchi-o`zgartiruvchi blok; KO` – koordinatalar o`zgartirgichi;
HR – holat rostlagichi; HD-holat datchigi; TG-taxogenerator; ARO`-analog-
raqamli o`zgartirgich
Stol
2N qutbli 3 fazali elektrmashina asosida ishlangan. Statorda mashina
o`rami (obmotkasi)
joylashgan, rotorda esa – doimiy magnitlar. Shunday qilib
rotorni almashtirish sxemasida doimiy magnit ishlatilgan (4.2.3-rasm). Rotor o`qi
holat datchigi bilan bog`langan. U rotorning
φ
burchakka aylanishini aniqlaydi.
Qo`shimcha ravishda aylanuvchi stol tok datchiklari (har bir stator o`rami fazasida
alohida),
tokning analogli rostlagichi, tiristorli kuchaytirgich, taxogenerator va
taxogeneratordan
kelayotgan
signallarni
raqamlovchi
analogli-raqamli
o`zgartirgich bilan jihozlangan. 4.2.3-rasmda tok datchiklari, analogli rostagich va
tiristorli kuchaytirgich KO`Bga birlashtirilgan.
Signal HDdan KO` kirishiga uzatiladi. KO`ning ikkinchi kirishiga HRdan
u
boshqarish signali kiradi. Mikroprotsessor bazasida yaratilgan KO`
fazadagi
301
kuchlanishlar
U
1
,
U
2
va
U
3
larni hisoblaydi. Bu fazalar elektr burchak
φ
e
= Nφ
funktsiyasi sinusoidal qonuni bo`yicha o`zgaradi va bir-biriga nisbatan 120 elektr
gradusiga siljigan bo`ladi. Bu kuchlanishlar KO`B quvvat bo`yicha kuchaytiriladi
va statorning o`ramiga beriladi. Statorning o`zgaruvchan toklari
I
1
,
I
2
va
I
3
tebranuvchi magnit maydonini hosil qiladi. Buning
natijasida statorning
aylanuvchi magnit maydonini paydo bo`ladi. Stator va rotorning magnit
maydonlari ta’sirlashuvi natijasida dvigatel rotorini harakatga keltiruvchi
aylantiruvchi moment hosil bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: