Zbekiston respublikasi



Yüklə 10,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/219
tarix17.09.2023
ölçüsü10,93 Mb.
#144789
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   219
K. Gafurov - Mexatronika 1-qism

 
4.3.4.
 
Mexatronik modul va tizimlarning intellektual sensorlari 
Intellektual sensorlarni yaratish bu –mexanik harakat parametrlarini 
o`lchash, ularni o`zgartirish va berilgan algoritmlarga mos kompyuterli qayta 
ishlash funktsiyalarini bitta axborot-o`lchash modulida birlashtirish demakdir.
Struktura nuqtai-nazaridan qaraganda so`z mexatron modulning sensor va 
kompyuter 
bloklarini 
integrallashtirish 
haqida 
boradi. 
Sensorlarni 
intellektuallashtirish o`lchash ishlarini aniqligini oshirish imkonini beradi. 
Aniqlikning oshishiga dasturlash asosida sensor modulida shovqinlarni filtrlash, 
kalibrovkalash, kirish/chiqish xarakteristikalarini chiziqlashtirish, ayqash aloqalarni 
kompensatsiyalash, nolni gisterislash va dreyflash sabab bo`ladi.
Mexatron modullarda, avval aytib o`tkanimizdek, harakatlanuvchi sistema 
elementlarining joriy holati haqidagi ma’lumotlarni yig`ish, ularni real vaqt rejimida 
qayta ishlash va signallarni tesqari aloqa orqali kompyuter boshqarish qurilmasiga 
yetkazish uchun sensorlar xizmat qiladi. Tipik o`lchash kattaliklari – bu modul va 
sistemalarni boshqarish uchun foydaniladigan axborotlar: ijrochi dvigatellar 
tomonidan amalga oshiriladigan harakat (chiziqli yoki aylanma), tezlik, tezlanish va 
moment; ishchi organ (masalan, shpindel)ga ta’sir qiluvchi tashqi kuchlar; ishchi 


314 
organ (masalan, sanoat robotining qo`li yoki nazorat-o`lchash mashinasining sezgir 
organi)ning fazodagi holati va orientatsiyasi. 
Zamonaviy enkoderlarning (aylanish burchagini o`lchovchi sensorlarning) 
ajralib turadigan afzalliklari: ham harakatni, ham harakat tezligini o`lchash 
imkoniyati; o`lchashdagi yuqori aniqlik va past shovqinlar; ko`plab qayta o`lchash; 
konstruktiv ixchamlilik va mexatron modul ichiga o`rnatish imkoniyati.
Absolyut enkoderlar chiqish signalini real vaqt rejimida kompyuterli qayta 
ishlash uchun qulay bo`lgan kod shaklida chiqaradi.
Enkoderlarni intellektuallashrish uchun ular korpusida mikroprotsessor 
o`rnatiladi. Mikroprotsessor quyidagi vazifalarni bajaradi: datchik axborotini 
kodlashtirish, o`lchash xatoliklarini aniqlash, signalni masshtablashtirish va standart 
protokol orqali joriy kodni harakat kontrolleriga uzatish. 
Enkoderlarni 
yaratishning 
zamonaviy 
tendentsiyasi 
konstruktiv 
elementlarni (val, podshipniklarni) va kodlovchi disk, fotoelement va 
mikroprotsessorni bitta sensor modulida birlashtirishni ko`zga tutadi. 

Yüklə 10,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin