Zbekiston respublikasi


O`quv-uslubiy tarqatma materiallariga misollar



Yüklə 10,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/219
tarix17.09.2023
ölçüsü10,93 Mb.
#144789
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   219
K. Gafurov - Mexatronika 1-qism

O`quv-uslubiy tarqatma materiallariga misollar 

Asosiy tayanch so`z va iboralar. 

Asosiy tayanch tushunchalar. 


92 

Mavzu bo`yicha asosiy rasm va illyusrtatsiyalar 
 
§2.3. MEXATRONIK TIZIMLARNI TRANSPORT VOSITALARDA 
QO`LLASH 
 
2.3.1. Mexatronika tizimlarni avtomobil transportida qo`llash 
 
Yerusti transport vositalari ichida eng kompyuterlashgani bu avtomobil 
transportidir (transportlovchi robotlar bu yerga kirmaydi).
Avtomobil (yunon. 
autos
- o`zim va lot. 
mobilis
- harakatchan) o`z dvigateli 
bilan oson harakatlanadigan g'ildirakli yoki yarim gusenitsali relssiz transport 
mashinasidir
24

Hozirgi vaqtda yengil avtomobilning 40% narxini elektron komponentlar va 
dasturiy ta`minot egallaydi. Avtomobillarda texnik yangiliklar kiritishning 90% ni 
elektron sistemalar tashkil qiladi. Premiyum klassdagi yengil mashinalarda 70 
tagacha protsessorlar mavjud, elektron tizimining 50 dan 70% xarajatini dasturiy 
ta`minot tashkil qiladi. Amalda zamonaviy avtomobil - bu kompyuter, faqat 
g`ildirakli. Ana shu elektron tizimlarning asosini мexatronika tizimlari (MT) ташкил қилади. 
Avtomobil bozoridagi kuchli raqobat mutaxassislarni yangi zamonaviy 
texnologiyalarni qo`llashga majbur etadi.
Zamonaviy avtomobil MTlari quyidagi funktsiyalarni bajaradi: 
-
dvigatelni boshqarish; 
-
uzatmalar korobkasini boshqarish; 
-
harakat xavfsizligini ta`minlash (tormoz, diagnostika, xavfsizlik podushkalari, 
kruiz-kontrol, navigatsiya tizimi va h.k.) 
-
qulaylikni yaratish (klimat-kontrol, audio- va videotizimlarni avtomatik 
boshqarish) va h.k. 
24
Малкин В. С. Основы эксплуатации и ремонта автомобилей. — Ростов н/Д: Феникс, 2007. — 431 с. 


93 
Lekin, avtomobillarga asosiy qo`yiladigan talab – ularning xavfsizligidir. Shuning 
uchun, quyida avtomobillarning xavfsizlik sistemalarini ko`rib chiqamiz. 
Hozirgi vaqtda avtomobil ixtirochi-olimlarning asosiy maqsadi 
yo`l-transport
hodisalar
(YTH) ni 
kamaytiruvchi “aqlli” elektron qurilmalarni ishlab chiqarish hisoblanadi. 
Bu ishlarning natijasi - 
avtomobilni xavfsiz boshqarish tizimi (AXBT)
ning yaratilgani bo`ldi. 
Inglizchada (
AVSM -Advanced vehicle safety management
)
25
. Bu tizim avtomatik ravishda 
mashinalar orasidagi kerakli oraliqni saqlay oladi, mashinani sfetoforning qizil signalida 
to`xtatadi, haydovchiga burilish uchastkasida mashina tezligining katta ekanligi haqida xabar 
beradi va h.k. Hatto, yangi tizimlar to`qnashish bo`lganda maxsus datchiklarning 
radiosignalizatori yordamida tez yordam mashinasi chaqirish imkoniyatiga ega. 
Avtomobilni xavfsiz boshqarish tizimining 2 ta turi mavjud. 
1.
Avtomobilning aktiv xavfsizlik tizimi.
2.
Avtomobilning passiv xavfsizlik tizimi. 
Avtomobilning aktiv xavfsizlik tizimi
(AAXT) –YTHni oldini olish va 
avtomobilning konstruktiv xossalariga bog`liq holda ular kelib chiqish sabablarini 
yo`qotishga qaratilgan avtomobilning konstruktiv va ishlatish xususiyatlari 
yig`indisidir. Boshqacha qilib aytganda AAXT – avariya sodir bo`lish sabablarini 
yo`qotib, avtomobilni xavfsiz ishlatishga qaratilgan barcha tizimlari yig`indisidir
26
.
Eng ko`p ma`lum bo`lgan va eng ko`p qo`llanidigan aktiv xavsizlik tizimlari 
quyidagilar: 

tormozni antiblokirovkalash tizimi (TAT) - 
antilock braking system 
(ABS);

yetakchi g`ildiraklarni probuksovkalashdan himoyalash tizimi - 
anti-slip 
system (ASS)


favqulodda tormozlash tizimi - 
emergency braking system (EBS)
va 
boshqalar. 
Yuqorida keltirilgan tizimlar avtomobilning tormozlash va dvigatelni 
boshqarish tizimlari bilan konstruktiv bog`langan, ular bilan birga o`zaro aloqada 
25
 http://www.geeks4thewin.com/Topics/advanced-vehicle-safety-management/  
26
 http://systemsauto.ru/active/active.html  


94 
bo`ladi. Bu esa ushbu tizimlarning samadorligini oshirishga imkon beradi. 
Bundan tashqari zamonaviy avtomobillarda quyidagi aktiv xavfsizlik 
tizimlari o`rnatilmoqda: 

adaptiv kruiz-kontrol ; 

avtomatik parkovkalash tizimi; 

aylana bo`yicha nazorat qilish tizimi va b. 
Avtomobilning passiv xavfsizlik tizimi
(APXT)– YTHsi ro`y berganda,
haydovchi va passajirlarning shikastlanishidan himoyalashga qaratilgan 
avtomobilning konstruktiv va ishlatish xususiyatlari yig`indisidir
27
.
Ular qatoriga quyidagilar kiradi: 

xavfsizlik kamarlari - 
seat belts


xavfsizlik podushkalari - 
airbags


xavfsizlik kamarlarini tarang tortish qurilmasi - 
seat belt tensioners
va b. 

Yüklə 10,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin