104
2.3.3.
Avtomobilning passiv xavfsizlik tizimlari
Avtomobil xavfsizlik podushkasi (airbag).
Uning elementlari: inertsion datchiklar
mashina modeliga qarab, mashina bamperida, motor to`sig`i oldida, haydovchi tirsak osti joyida
joylashgan bo`lib, avariya paytida boshqarishning elektron blokiga signallarni yuboradi (2.3.10-
rasm). Zamonaviy AXBT da frontal datchiklar 50 km/soat dan yuqori tezlikdan paydo bo`lgan
zarbada ishlaydi. Yon tomondagilar bundan kichikroq zarbada ishlaydi.
Elektron blokdan signal gazogenerator bilan ulangan asosiy modulga uzatiladi. Asosiy
modul diametri 10 sm va balandligi 1 sm li tabletka shaklida bo`lib, azot generatsiyalovchi
moddadan iborat. Elektr impuls tabletkaning patronini yondiradi va kristallar portlash tezligida
gazga aylanadi. Ana shu jarayon juda tez amalga oshiriladi va podushka 25 ms ichida gazga
to`ladi (2.3.11-rasm). Keyin podushka 200-300 km/soat tezlikda insonning ko`kragi tomon
otilib keladi.
Dostları ilə paylaş: