Zbekiston respublikasi



Yüklə 10,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/219
tarix17.09.2023
ölçüsü10,93 Mb.
#144789
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   219
K. Gafurov - Mexatronika 1-qism

ob-havo datchigi
ko`rsatilgan. Mashina 
modeli turiga qarab ichkarida bitta infra qizil yorug`lik diodi va 1-3 ta foto qabul 
qiluvchi joylashtiriladi. Yorug`lik diodi ko`z ko`rmas nurni mashina shamol shishasi 
yuzasiga nisbatan o`tkir burchak ostida tarqatadi. Agar ob- havo quruq bo`lsa barcha 
nurlar tesqariga qaytarilib foto qabul qiluvchiga tushadi (shunday optik tizim 
ishlangan). Nurlar impuls shaklida berilganligi sabab datchik boshqa nurga reaktsiya 
qilmaydi. Agar shamol shishasi yuzasiga tomchi yoki suv qatlami bo`lsa, nurlarning 
shishadan qaytish sharoiti buziladi va nurning bir qismi atrof-muhitga tarqaladi. 
Buni sensor sezadi va kontroller shisha yuvuvchi uchun ishlash rejimini tanlab, uni 


103 
ishga tushiradi. Agar kerak bo`lsa, bu qurilma mashina tomidagi elektrolyukni ham 
yopadi, eshiklardagi shishalarni ko`taradi. Yana 2 ta fotodiod bu tizimda mavjud. 
Ulardan biri faralarni avtomatik tarzda yoqadi (kech tushganda yoki mashina 
tunnelga kirganda), ikkinchisi “dalniy” va “blijniy” faralarni o`zgartirib turadi. Bu 
funktsiyalarning ishlashi mashina modeliga bog`liq. 
2.3.8-rasm. Tesla avtomobilining atrofni “ko`rish” imkoniyati
2.3.9-rasm. "Bosh" firmasi ob- havo datchigining ishlash printsipi 
 


104 
2.3.3.
 
Avtomobilning passiv xavfsizlik tizimlari 
 
Avtomobil xavfsizlik podushkasi (airbag). 
Uning elementlari: inertsion datchiklar 
mashina modeliga qarab, mashina bamperida, motor to`sig`i oldida, haydovchi tirsak osti joyida 
joylashgan bo`lib, avariya paytida boshqarishning elektron blokiga signallarni yuboradi (2.3.10-
rasm). Zamonaviy AXBT da frontal datchiklar 50 km/soat dan yuqori tezlikdan paydo bo`lgan 
zarbada ishlaydi. Yon tomondagilar bundan kichikroq zarbada ishlaydi. 
Elektron blokdan signal gazogenerator bilan ulangan asosiy modulga uzatiladi. Asosiy 
modul diametri 10 sm va balandligi 1 sm li tabletka shaklida bo`lib, azot generatsiyalovchi 
moddadan iborat. Elektr impuls tabletkaning patronini yondiradi va kristallar portlash tezligida 
gazga aylanadi. Ana shu jarayon juda tez amalga oshiriladi va podushka 25 ms ichida gazga 
to`ladi (2.3.11-rasm). Keyin podushka 200-300 km/soat tezlikda insonning ko`kragi tomon 
otilib keladi. 

Yüklə 10,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin