75
O`quv-uslubiy tarqatma materiallariga misollar
▪
Asosiy tayanch so`z va iboralar.
▪
Asosiy tayanch tushunchalar.
▪
Mavzu bo`yicha asosiy rasm va illyusrtatsiyalar.
§2.2. ISHLAB CHIQARISH VA MOBIL (OMMABOP) ROBOTLAR
2.2.1. Robotlar haqida tushuncha. Robototexnikaning rivojlanish tarixi
Robot (chesh. “
robot, robota
– majburiy mehnat” yoki “
rob
– qul” degani)
– tirik organizm printsipi asosida yaratilgan avtomatik qurilma, vosita.
«Robot» so‘zi chex yozuvchisi Karel
Chapek va uning ukasi Yozef
tomonidan o‘ylab topilgan hamda birinchi marta 1920-yilda Chapekning «R. U. R.»
(«Rossum universal robotlari») p’yesasida tilga olingan.
Oldindan joylashtirilgan dastur bo`yicha va (tirik organizmlar sezish
organlariga o`xshash bo`lgan) datchiklardan kelayotgan
axborot asosida robot
mustaqil ravishda ishlab chiqarish yoki boshqa operatsiyalarni amalga oshiradi.
Bunda robot operator bilan aloqaga ega bo`lishi yoki avtonom harakat qilishi
mumkin.
Robotlarning tashqi ko`rinishi va konstruktsiyasi juda ham har xil bo`lishi
mumkin. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish va boshqa sohalarda (texnik va iqtisodiy
sabablarga ko`ra) inson tashqi ko`rinishidan juda
ham farq qiladigan tashqi
ko`rinishga ega bo`lgan robot ishlatilib kelinmoqda.
Dostları ilə paylaş: