Zbekiston respublikasi


Asosiy tayanch so`z va iboralar



Yüklə 10,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/219
tarix17.09.2023
ölçüsü10,93 Mb.
#144789
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   219
K. Gafurov - Mexatronika 1-qism

 
Asosiy tayanch so`z va iboralar 
Tibbiyot robotlari: reabilitatsiyalovchi, xizmat ko`rsatuvchi, klinik;
robotlashtirilgan “qo`l”; yo`lboshlovchi mobil robot; kompyuter tomografiyasi;
robot-jarroh; sun’iy yurak; kompyuterning periferik (tashqi) moslamalari
kompakt-disklar yuritmasi 
 
Asosiy tayanch tushunchalar 

Tibbiy mexatronikaning asosiy yo`nalishlari –bu nogironlar reabilitatsiyasi 
uchun qurilmalar, servis operatsiyalarni bajarish, hamda klinik jarayonlarda 
qo`llash. 

Tibbiy reabilitatsiya uchun robotlar ikkita vazifani bajarish uchun 
mo`ljallangan: yo`qotilgan oyoq va qo`llar funktsiyasini bajarish hamda to`shakda 
qolgan nogironlar (ko`zi ojizlar, tayanch tizimi yoki boshqa og`ir xastaliklar 
natijasida yotib qolganlar) hayot tarzini yaxshilash. 

Klinik robotlar asosiy uchta masalani yechishga mo`ljallangan: 
kasalliklarni 
tashhislash, terapevtik va jarrohlik davolash.
EHM bilan boshqariladigan turli xil 
tibbiy uskunalarning ommaviy ishlab chiqarilishi vrachlik amaliyotiga katta ta`sir 
ko`rsatdi. 

Kompyuter tomografiyasi 1972 yilda 
Godfri Xaunsfild
va 
Allan Kormak
tomonidan taklif qilingan va bu ishlanma uchun Nobel mukofotiga sazovor bo`lgan. 


126 

Gollandiya olimi tomonidan yaratilgan SOFIE boshqa robotlarga nisbatan 
o`lchamlarining kichikligi va operatsiya stolida o`rnatilishi bilan ajralib turadi. Bu 
o`z navbatida stol balandligi yoki qiyaligini o`zgartirganda, “jarrohni” qayta 
moslashtirish zaruriyati tug`ilmaydi. 
* Sun’iy yurak – 
inson yashashi uchun lozim bo`lgan geodinamika 
parametrlarini ta’minlab beruvchi texnologik qurilma.
Kompyuterning tashqi (periferik) moslamalari
deb EHM yordamida tahlil 
uchun ma`lumotlarni kiritish, oraliq va yakuniy ma`lumotlarni inson uchun 
tushunarli tarzda chiqarib berish va ob`ektni boshqarish uchun belgilangan 
moslamalarga aytiladi.

Nur qavariqlikka kelib tushsa, detektorda akslanadi, prizmadan o`tib 
yorug`likka ta`sirchan diodga kelib tushadi. Agar nur botiqlikka (pitga) kelib tushsa, 
u tarqaladi va kam qismi qaytarilib svetodiodgacha etib keladi. Diodda yorug`lik 
impulslari elektr impulslariga o`zgartiriladi: yorqin nurlar birga, past nurlar esa 
zaiflashib – nolga aylanadi. Shunday qilib, botiqliklar diskovod tomonidan mantiqan 
nol deb, tekis yuza esa mantiqan bir deb qabul qilinadi. Lazer nurlar bilan tashkil 
qilingan pitlar o`lchamlari juda ham kichik, 30-40 pitlar odam sochi qalinligiga teng 
(taxminan 50 mkm). 
* Maishaiy turmushda ishlatiladigan tizimlar –murakkab va ilmiy 
muhandislik masalasidir, chunki bu hollarda intellekt elementiga va inson sezgi 
organlariday sezish sensorlariga ega bo`lgan robotlardan tashkil topgan universal 
tizimlardan foydalaniladi. 

Yüklə 10,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin