125
Yaxshi ishlangan va bizning hayot tarzimizga kirib kelgan mexatron
tizimlardan biri – bu mikroprotsessorli kir yuvish mashinalaridir. Ular tahlillar
natijasida yuviladigan narsalarning kirlik darajasiga qarab yuvish rejimini o`zi
belgilaydi.
Maishiy mexatronik qurilmalarga turli xil servis xizmatlarga ega bo`lgan
musiqa markazlari, kun davomida rejimni xonadagi odamlar soni, ko`chadagi
harorat va sutkaning vaqtiga qarab o`zi belgilaydigan mantiqiy konditsionerlar,
zamonaviy fotoapparatlar ham misol bo`la oladi.
Dostları ilə paylaş: