149
3.1.2-rasm. Elektryuritmaning strukturali sxemasi
3.1.3-rasm. Elektryuritmaning kinematik sxemasi
1-elektrdvigatel; 2,4-mufta; 3-reduktor; 5-ijrochi mexanizm; 6- kuchli
o`zgartiruvchi qurilma; 7-boshqaruvchi qurilma
Afzalliklari:
energiya narxining pastligi; gidravlik va pnevmatik yuritmalarga
nisbatan
konstruktsiyasining oddiyligi; ishlash vaqtida stabil tezlikni ta`minlash;
energiyani masofaga ko`p yo`qotishsiz uzatish; boshqa yuritmalar ichida eng ko`p
F.I.K.; bajaradigan ishning yuqori aniqligi; aniq pozitsiyalash
va silliq rostlash
imkoniyati; avtomatizatsiyalashning oddiyligi; minimal texnik xizmat ko`rsatishni
talab qiladi; shovqin darajasi pastligi; ekologiya va tashqi muhitga ta`siri yo`qligi;
+/-50
0
C yuqori va past haroratda stabil ishlashi.
Ularni MTlarga boshqa yuritmalarga nisbatan ko`proq qo`llashga sabablar:
•
robotlar uchun mo`ljallangan elektr yuritmalar yaratish oxirgi yillarda
150
juda tez rivojlanib ketdi;
•
kompakt, boshqa yuritmalar bilan komplekt
yuritmalar yaratishga
imkon beradi.
Kamchiliklari:
yong`inga va portlashga xavfli zonalarda hamda nam
joylarda
ishlatishning qiyinligi, bu kamchilik himoyalangan yuritmani ishlatish
bilan yo`qotiladi; narxining qimmatligi; ko`p vaqt uzluksiz ishlatganda dvigatelning
isib ketishi va ishqalanadigan
detallarning yeyilishi; yonidan o`tadigan boshqa
boshqarish tarmog`lariga elektromagnit maydon g`alayon hosil qiladi; gidravlik va
pnevmatik yuritmalarga nisbatan yomon massogabarit xarakteristikalariga ega.
Hozirgi vaqtda mexatronikada elektryuritmalarni qo`llash sohalari:
•
juda sifatli boshqariluvchi yengil MTlar;
•
kichik massali (10-100 kg li) og`irlik ko`taruvchi qurilmalar;
•
mobil robotlar.
Hozirgi vaqtda elektrdvigatellarning juda ko`p turi mavjud (3.1.4-rasm).
Bular:
o`zgarmas tok dvigatellari; o`zgaruvchan tok dvigatellari; qadamli
dvigatellar; servodvigatellar
va h.k.
Dostları ilə paylaş: