3.1.14-rasm.
Ferromagnit yakorli
chiziqli elektrdvigatel
MM ning energetik hisobini olib borish berilgan harakat rejimi va yuklama
parametrlari to`g`risidagi ma`lumotlar asosida olib boriladi. Bu nuqtai nazardan
muhandislik amaliyotida MMni hisoblashni ikkita asosiy varianti mavjud.
Birinchi variantda,
mexatron tizimning bir qismi qilib maxsuslashtirilgan
MM loyihalashtiriladi. Bunda konstruktor maxsus hisoblashlar asosida ob`ekt
to`g`risida to`liq ma`lumotni oladi: uning vaqt ichidagi harakat qonuni, yuklama
xarakteristikasi (uning tarkibiy qismlarini ham inobatga olib), ob`ektning
massagabarit o`lchamlari, ishlatish sharoiti va boshqalar. Ma`lumotlarning to`liqligi
yuklama parametrlarni optimallashtirishga olib keladi.
Ikkinchi variant
funktsional ravishda mustaqil bo`lgan
universal
MMni
yaratishni nazarda tutadi, va bu o`z navbatida turli xil mexatronik tizimlar va
konstruktsiyalashda qo`llaniladi. Bunda konstruktor ob`ektning vaqt ichidagi
yuklamasi va harakat qonuniyati to`g`risida to`liq ma`lumotga ega emas. Modulning
chiqish zvenosi tipik chiqish harakati uchun chegaraviy yuklama, tezlik va harakat
tezlanish qiymatlari asosida energetik hisoblash ishlari olib boriladi.
Universal MM uchun energetik hisoblash ishlarini qo`yida o`rganamiz.
160
Unchalik katta bo`lmagan dinamik yuklamada ishlaydigan universal
mexatron modul uchun energetik hisoblash
.
MMga ta’sir etuvchi inertsiya kuchlari
unga ta’sir qiluvchi tashqi kuchlardan ancha kichik holat uchun universal MMni
hisoblashni ko`ramiz. Bunda asosiy dastlabki ma’lumotlar bo`lib quyidagilar
olinadi:
-mexatron modulning strukturali sxemasi;
-ta’sir etuvchi tashqi yuklama (kuch
F
N
yoki aylantiruvchi moment
T
N
);
- chiqish zvenosining talab qilingan tezligi (chiziqli
v
ch
yoki burchak
ω
ch
).
Ilgarilanma harakat qiluvchi MM uchun dvigatel quvvati,
P
, quyidagi
formula bilan hisoblanadi:
P = F
N
∙
v
ch
∙
K
din
/η, (3.1)
bu yerda,
F
N
— chiqish zvenosidagi qarshilik yuklamasi; N;
v
ch
—
chiqish
zvenosining chiziqli tezligi, m/s;
η
— harakat o`zgartiruvchining F.I.K.;
K
din
=1,1…1,3 — ishga tushirish jarayonidani dinamik yuklamalarning ta’sirini
etiborga oluvchi zahira koeffitsiyenti.
Chiqish zvenosi aylanma harakat qiladigan MM uchun dvigatel quvvati,
P
,
quyidagi formula bilan hisoblanadi:
P = T
N
∙ω
ch
∙K
din
/
η
, (3.2)
bu yerda,
T
N
— chiqish zvenosidagi qarshilik momenti, N·m;
ω
ch
— chiqish
zvenosining burchak tezligi, s
–1
.
Bir xil quvvatga ega bo`lgan dvigatellar turli nominal aylantiruvchi
momentlarga
T
nom
egaligini nazarga olib, dvigatelning zarur bo`lgan momentini
aniqlash kerak (N
⋅
m):
T
dv
=
T
nom
/(
u∙η
), (3.3)
bu yerda
u
– yuritma harakatni uzatish mexanizmining uzatishlar soni.
161
Dvigatelning oxirgi tipi katalog orqali tanlab olinadi va quyidagi shartlarga
rioya qilinadi:
P
dv
≥
P
(3.4)
T
nom
≥
T
dv
(3.5)
Dostları ilə paylaş: |