parametr datchiklari (D1-D3).
Elektr yuritmaning joriy holati haqida
ma`lumot beradi. Bu ma`lumot texnologik va texnik talablarga mos keladigan
boshqarishning teskari aloqasini shakllantirish uchun kerak. O`lchash koordinatalari
bo`lib tok kuchi, kuchlanish, harakatlantiruvchi momentlar, tezlik, burchakli va
chiziqli harakat va b. xizmat qiladi;
-
boshqaruvchi qurilma (BQ). U -signal beruvchi va teskari aloqadagi
datchiklardan kelayotgan signallar asosida KO`Qga boshqaruvchi signallarni
shakllantiradi. BQ mantiqiy va kuchaytiruchi releli va tranzistorli sxemalar hamda
regulyatorlardan zamonaviy mikroprotsessorlargacha rivojlanish yo`lini bosib o`tdi.
Boshqaruvchi signal texnologik jarayonni nazorat qilib boruvchi operator
yoki yuqori darajadagi kompyuter sistemasidan keladi.
1.2.1
b -rasmda keltirilgan MT ning funktsional sxemasini ko`rib chiqamiz.
Bu sxemada:
•
mikroprotsessor boshqarish qurilmasi vazifasini bajaradi. Bunda u
boshqarish va indikatsiyalash tizimidan keladigan topshiriq va axborot datchigidan
kiruvchi o`zgartgichlar orqali kirayotgan signallar asosida raqamli chiquvchi
signallarni shakllantiradi;
12
Tiristor (yun.
thyra — eshik, kirish va
rezistor ) — elektrik ventil xossasiga ega boʻlgan kremniy monokristall
asosidagi yarimoʻtkazgichli asbob. Ishlash prinsipi kremniy monokristallning elektronteshikli oʻtish (elektron
p oʻtkazuvchanlikdan teshikli
r oʻtkazuvchanlikka oʻtish) xossasiga asoslanadi.
13
Tranzistor (ing.
transfer — koʻchirmoq va
rezistor ) — elektr tebranishlarni kuchaytirish, generatsiyalash (hosil
qilish) va oʻzgartirish uchun moʻljallangan 3 elektrodli yarimoʻtkazgichli asbob.