1.2.3-rasm. Harakati kompyuterli boshqariladigan mashinaning umumiy strukturasi Mexanik qurilmaning harakati jarayonida ishchi organ ishlov berilayotgan
ob’ektga bevosita ta’sir qiladi va amalga oshirilayotgan avtomatlashtirilgan
opertsiyaning sifat ko`rsatgichlarini ta’minlaydi.
22
Shunday qilib, MTlarda mexanik qismi boshqariladigan ob’ekt hisoblanadi.
MT tomonidan funktsional harakat amalga oshirish jarayonida mexanik qismining
oxirgi zvenosi bo`lgan ishchi organga tashqi ob`ektlar g`alayonli ta`sir etadi. Bu
ta`sirlarga misol bo`lib mexanik ishlov berish operatsiyalarida kesish kuchlari,
shakllantirish va yig`ish operatsiyalarida kontakt kuchlari va kuch momentlari
xizmat qiladi.
Demak, MTlarning yuritmalar blokini, kompyuterli boshqarish sistemasini
va sensorlarni loyihalash jarayoni MTlarning qanday texnologik operatsiyani
bajarishiga asoslangan mexanik qismini boshqariladigan ob’ekt sifatida tahlil qilish
va g`alayonlarni ta`sirlarni hisoblashdan boshlanadi.
Asosiy tayanch so`z va iboralar Elektr yuritmali tizim; mexatronik tizim; elektrdvigatel; kuchli o`zgartgichli qurilma; uzatuvchi mexanizm; parametr datchiklari; boshqaruvchi qurilma; axborot va energetik oqimlar Asosiy tayanch tushunchalar * Elektrdvigatel elektr energiyani mexanik energiyaga aylantirib beradi. Bu
ishni har xil elektrdvigatellar bajaradi
* Kuchli o`zgartgichli qurilma elektr energiyasi manbaidan olayotgan elektr
energiya paremetrlarini: tok kuchi, kuchlanishi, chastotasini elektrdvigatel iste`mol
qiladigan qiymatlargacha o`zgartiradi.
* Uzatuvchi mexanizm elektrdvigateldan chiqadigan mexanik harakatni
mashina yoki agregatning ishchi organi (ijrochi mexanizmi) harakatlanishi uchun
kerak bo`lgan harakat turiga (aylanma, ilgarilanma) va kerakli qiymatga
(aylantiruvchi moment, kuch, aylanish chastotasi, tezlik) aylantirib beradi
. * Parametr datchiklari elektr yuritmaning joriy holati haqida ma’lumot
beradi. Bu ma’lumot texnologik va texnik talablarga mos keladigan boshqarishning
teskari aloqasini shakllantirish uchun kerak.
23
* Boshqaruvchi qurilma signal beruvchi va teskari aloqadagi datchiklardan
kelayotgan signallar asosida kuchli o`zgartgichli qurilmaga boshqaruvchi signallarni
shakllantiradi.