227
Asosiy tayanch tushunchalar
*
Friktsion uzatma (lot.
frictio- ishqalanish)
-
mexanik energiyani uzatish
uchun o`z orasidagi ishqalanish kuchidan foydalaniladigan kinematik juftlik.
* Friktsion uzatmada harakat yetaklovchi katokdan yetaklanuvchi katokka
ular kontaktlashish joyida paydo bo`ladilagan ishqalanish kuchi ta`sirida uzatiladi.
*
Tasmali uzatma egiluvchan uzatish moslamalariga kiradi.
Yetaklovchi
va yetaklanuvchi shkivlardan va ularni aylanib o`tuvchi tasmadan iborat.
Aylanish kuchi shkiv va tasma orasida paydo bo`ladigan ishqalanish kuchi evaziga
paydo bo`ladi. Kerak bo`lgan ishqalanish kuchini hosil qilish uchun tasma tarang
tortilgan bo`lishi lozim.
* Eng ko`p tarqalgan tasmalar – prorezinali tasmalar.
Ularning asosiy
elementlari gazlama-rezinali va shnur-rezinali bo`ladi.
Ular ichida shnurli
tasmalarning F.I.K. katta, egiluvchanroq va uzoq xizmat qiladi.
Shkivlar
cho`yandan,
po`latdan,
alyuminiy
qorishmalaridan,
plastmassadan va boshqalardan tayyorlanadi. Diametrlari standartlashtirilgan.
* Zanjirli uzatmalar ham egiluvchan ilashish qurilmalariga kiradi. Zanjirli
uzatmalar o`qlari parallel
vallarga katta masofalarga,
tishli uzatmani ishlata
olmaydigan va tasmali uzatmaning ishonchliligi past bo`lgan
holatlarda,
aylanma
harakatni uzatish uchun qo`llaniladi.
* Ishlatiladigan zanjir turiga qarab ular quyidagilarga bo`linadi: rolikli
zanjirli; vtulkali zanjirli; tishli zanjirli.
Dostları ilə paylaş: