Zbekiston respublikasi


Intellektual kuch modullari



Yüklə 10,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/219
tarix17.09.2023
ölçüsü10,93 Mb.
#144789
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   219
K. Gafurov - Mexatronika 1-qism

 
4.3.3.Intellektual kuch modullari 
 
Harakat kontrollerlari va kuchli o`zgartirirgichlarni integratsiyalashga 
qaratilgan mexatron modullarni intellektuallashtirish usullari va yo`llarini ko`rib 
chiqamiz. Bunday yechimlar komponentlari bir-biridan katta masofada joylashgan 
ko`p o`lchamli mexatron tizimlar uchun maqsadga muvofiq bo`ladi. Bunday holda 
boshqarish sistemasini bitta kompyuter bazasida amalga oshirish qiyin yoki umuman 
texnik jihatdan mumkin bo`lmaydi. Chunki uzoq masofalarga signallarni uzatish va 
qabul qilish texnik jihatdan mumkin emas (masalan, oddiy 
RS-232
protokoli 
ma’lumot va signallarni faqat 9,15 m masofaga uzata oladi).
Bunday tizimlarda har bir modulni boshqarish bloki o`zgartirgich korpusiga 
yoki elektrdvigatelning klemma korobkasiga o`rnatilgan bo`ladi. Bunaqa modullarni 
intellektual kuch modullari
(IKM) deb ataymiz.
IKMlar yangi avlod yarim o`tkazgichli asboblar bazasida yasaladi. Bunaqa 
asboblarning tipik namoyondalari dala kuchli tranzistorlari (
MOSFET
), bipolyar 
tranzistorlar (
IGBT
), dala boshqaruvli yopiladigan tiristorlar (
MST
). Yangi avlod 
asboblar tezkorligi (
IGBT
tranzistorlar uchun kommutatsiyalash chastotasi 50 kGts 
gacha, 
MOSFET
tranzistorlari uchun - 100 kGts) va kommutatsiya qilinadigan tok 
kuchi va kuchlanishi (
IGBT
uchun chegaraviy tok kuchi – 1200 A gacha, chegaraviy 


313 
kuchlanish – 3500 V gacha) hamda boshqarish uchun kichik quvvatlari bilan ajralib 
turadi. 
IKM tarkibiga kuchli elektronikaning an’anaviy asboblari (kuchli 
tranzistorlar yoki tiristorlar va diodlar bazasida qurilgan tayanchlar) dan tashqari 
mikroelektronika elementlari ham kiradi. Ular intellektual funktsiyalarni: harakatni 
boshqarish, avariya rejimida himoyalash va nosozliklarni diagnostikalash ishlarini 
bajarishga mo`ljallangan. Mexatron modullarning yuritma qismida IKMlarning 
ishlatilishi kuchli o`zgartirgichlarning massogabaritlarini ancha kamaytirish
ularning ishi ishonchligini oshirish va texnik-iqtisodiy ko`rsatgichlarini yaxshilash 
imkonini beradi. 

Yüklə 10,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin