305
4.2.8-rasm. CTS kompaniyasining (Italiya) chiziqli harakatlanish modullari
CTS
kompaniyasining chiziqli modullari (4.2.8-rasm) ikkitalik sharikli
podshipniklar bilan jihozlangan va uning maxsus rolikka ega relsli yo`naltiruvchisi
bor. Bu roliklar
moylashni talab qilmaydi, shuning uchun ifloslangan muhitda
(chang, strujka) yoki moylash zarar etkazadigan muhitlarda (qog`oz yoki mato)
ishlatiladi. Modul a’lo xarakteristikaga
va yuqori aniqlikka ega, hamda ishining
silliqligi bilan ajralib turadi.
Asosiy tayanch so`z va iboralar
Mexatronik harakat moduli; harakat o`zgartirgichi; axborot qurilmasi;
aylanuvchi stol; chiziqli dvigatellar; yuqori momentli dvigatellar
Asosiy tayanch tushunchalar
* Harakat modullari tarkibiga miniatyur (kichkina o`lchamli) datchiklarni
va elektron bloklarni kiritish bilan ularni mexatron harakat modullari (MHM)ga
aylantirish mumkin.
* Mexatron harakat modullariga misol qilib har xil dvigatellar va harakat
o`zgartiruvchilar asosida qurilgan qurilmalarni, reduktorsiz mexatron modullarni,
reduktorsiz aylanuvchi stollarni aytish mumkin.
* Elektryuritmali MHM lar asosan quyidagi asosiy qismlardan (bloklar)
306
iborat: dvigatel, ya’ni elektr energiyasini mexanik
energiyaga aylantiruvchi
elektromexanik o`zgartirgich; harakat o`zgartirgichi (reduktorsiz MHM larda ular
yo`q); harakatlanadigan zvenoni tezligini kamaytiruvchi, to`xtatuvchi
va uni bir
joyda ushlab turuvchi tormoz qurilmasi (ayrim hollarda bo`lmasligi ham mumkin);
harakat o`zgartirgichlarning ayrim turlarida uchraydigan tirqishni (o`lik yo`lni)
tanlash uchun mo`ljallangan lyuft tanlovchi mexanizm (ayrim hollarda bo`lmasligi
ham mumkin); MMning chiqish zvenosiga nisbatan harakatni amalga oshiruvchi
yo`naltirgich (ayrim hollarda bo`lmasligi ham mumkin); o`lchash, yuborish,
o`zgartirish, saqlash va qayd qilish uchun qulay bo`lgan nazorat o`lchamlarini
o`lchash uchun qulay signallarga aylantiruvchi
hamda boshqariladigan
jarayonlarga ta’sir etuvchi axborot qurilmasi.
Dostları ilə paylaş: