307
§4.3. INTELLEKTUAL MEXATRONIKA MODULLARI
4.3.1.
Intellektual mexatronika modullariga tushuncha
Intellektual mexatron modullar (IMM)
ning yaratilishi mexatronika
rivojlanishi zamonaviy bosqichining asosiy xususiyati hisoblanadi. Mexatron
harakat modullaridan farqi - ularda qo`shimcha ravishda mikroprotsessorli hisoblash
qurilmalari va kuchli elektron o`zgartirgichlar o`rnatilgan bo`ladi. Bu esa IMMlarga
intellektuallik xossalarini yaratadi.
Intellektual mexatron modullar uchun modullik printsipi xos bo`lib
hisoblanadi.
Kontroller + kuch o`zgartirgich + dvigatel + mexanizm + datchik
modullarining birlashmasi va
kontrollerning belgilangan
dasturiy ta`minoti
bo`lgan taqdirda
intellektual mexatron ijro etuvchi mexanizm
bo`lib hisoblanadi.
Ammo bu elementar modullar asosida yasalgan ijro etuvchi mexanizmlar berilgan
talablarga hamma vaqt ham javob bera olmaydi. Zamonaviy yuqori texnologik
intellektual modul (IM)larni yaratishga mexatron yondoshishni, mexanik,
elektromexanik,
elektron, elektrotexnik, kompyuter va interfeys elementlarining
o`zaro
hamkorligini, oraliq energiya va ma`lumotlar hosil bo`lishini
minimallashtirishni, hamda elektr va mexanik interfeyslarning alohida blok sifatida
ishlashini talab qiladi. Bu talablar ijrochi mexanizmlarining ixchamligi, aniqligi va
tannarxi kabi ko`rsatgichlarni yaxshilashga olib keladi.
Intellektual mexatron modul
(IMM)larda zamonaviy mexatron modullarning
3 ta komponentlari birlashtirilgan – elektromexanik, elektron va kompyuterli.
Mexatron modullarning zamonaviy rivojlanishi bo`lib ularning ko`p
funktsional harakatlarini intellektuallashtirish xizmat qiladi. Texnik jihatdan
intellektual mexatronik modullarini rivojlantirish mikroprotsessor tizimlarining
jadal rivojlanishi bilan bog`liqdir. Ishlab chiqarish texnologiyalarining
rivojlanib
borishi mikroprotsessorlar narxining pasayishiga va rentabelligining oshirishga va
shu sababli uni amaliyotga keng qo`llashga olib keladi.
308
Harakatlanish mexatron modullarning intellektuallashuvi interfeysli
birlashish nuqtasiga qarab 3 yo`nalishga bo`linadi:
1.
Boshqaruv kontrollerini yuqori bosqichdagi kompyuter bilan yaxlit
apparat-dastur boshqaruv kompleksiga bog`lovchi integrallashgan
interfeyslarni
yaratish.
2.
Boshqaruv kontrollerlari va kuch o`zgartirgichlarni integratsiyalash
orqali intellektual kuch modullarini yaratish.
3.
Barcha oddiy o`lchov vazifalaridan tashqari signallarga kompyuterli
ishlov beruvchi va ularni dasturlarga mos ravishda o`zgartiruvchi
intellektual
sensorlarini yaratish.
Kompyuterli boshqarish qurilmalari (KBQ)ning mexatron modullarda
texnik qo`llash usullarining ko`rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: