342
5.1.5-rasm Yarimo`tkazgichli plastinalar uchun uch koordinatali boshqarish
tizimi
5.1.3. Taktik boshqarish bosqichi tizimi
Mexanik ishlov berish operatsiyasini bajaradigan
texnologik robot uchun
taktik boshqarish tizimi tuzilishini ko`rib chiqamiz. Boshqarish masalasini bajarish
uchun robot ishchi organini berilgan traektoriya (
L
egri chizig`i) bo`yicha harakatini
shu harakat paytida sodir bo`ladigan kuch (vektor
n
) bilan bog`lagan
holda
boshqarish lozim bo`ladi (5.1.6-rasm). Shunday qilib, tizimda kontur bo`yicha va
kuch bo`yicha robot harakatini boshqarish usullari birgalikda qo`llash talab etiladi.
343
5.1.6-rasm. Mexanik ishlov berish roboti sxemasi
5.1.7-rasmda kontur bo`yicha kuchli boshqarish blok-sxemasi keltirilgan.
Bu sxema robot harakatini g`alayonli kuchli ta’sirga moslashtirilishini
ta’minlaydi. Manipulyator tirsagida o`rnatilgan
kuchmomentli datchik ishchi
organga ta’sir etuvchi kuchlar haqida ma’lumotni beradi.
Kuchli tesqari aloqa
taktik bosqichdagi boshqarish tizimini yopadi va bu ijro etish bosqichidagi tesqari
aloqalar bilan birgalikda harakatning aniqligini ta’minlaydi. Kontur bo`yicha
tezlikni hisoblash berilgan traektoriya bo`yicha robot
harakatinining ratsional
texnologik tezligini berish uchun xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: