2.1.10-rasm. Atmel mikrokontrolleri bazasidagi RDB tizimining modulli strukturasi 19
EEPROM (ingl.
Electrically Erasable Programmable Read-Only Memory ) — Elektr orqali o'chirilishi mumkin
bo'lgan qayta dasteulanadigan doimiy xotira (ROM).
20
Flash-xotira (ingl.
flash memory ) — yarimo'tkazgichli texnologiyali elektr qayta dasturlashtiriladigan xotiraning bir
turi (EEPROM).
69
Taymer bo`yicha bajariladigan qo`shimcha topshiriqlarning chiqish
signalining kechishiga olib kelmasligi uchun
interpolyatsiya 21
signali
jamlanmalarini buferlash ishlatiladi. Bu ayrim vazifalarni bajarish vaqti, masalan,
ma`lumotlarni displeyga kiritish operatsiyasi, interpolyatsiya davridan ko`pligi
bilan bog`liq.
Chiqish moduli AMdan chiqadigan raqamli signallarni stanokni
boshqaradigan analogli signallarga o`zgartiradigan RAO` jamlanmasidan va
kuchlanishni bo`luvchidan (KB) iborat. Bunday tuzilish ham eski rusumdagi ham
yangi boshqaruv tizimidagi stanoklarni ishlatish imkoniyatini beradi.
Interpolyatsiya topshiriqlarini bajarish jarayonida asosiy mikrokontrollerni
ishini maksimal yengillashtirish uchun klaviaturali modul oddiy topshiriqlarni
bajarishga mo`ljallangan alohida mikrokontrollerga ega. Bu mikrokontroller vaqt
vaqti bilan klaviaturani sozlashni so`rab turadi, va bu o`z navbatida bir nechta
klavishalardan bir vaqtning o`zida foydalanish imkoniyatini beradi (bu foydali
xususiyat instrumentlarni qo`lda harakatlantirishda ishlatiladi) va klavishalarning
tebranishi oldini oladi.
Dasturlash moduli
Intel 80486 protsessori asosida qurilgan. Dasturlash
moduli avtonom modul bo`lib bir yoki undan ortiq dasturlarni tashqi xotiralardan
(disketa, flesh-kartadan) yozib olish imkonini beradi. Yozuv
RS-232 porti orqali
amalga oshiriladi.
RDB tizimining dasturlash strukturasi ushbu sistemaning apparat va dasturiy
ta`minoti bilan o`zaro muloqot qilishi uchun ma`lumotlar strukturasi va ish olib
borish usullariga ega bo`lgan xususiy modullar to`plamidan iborat.
Mikrokontroller ishga tushganda asosiy modulga boshqarish beriladi. U
dasturlar bilan ishlash (barcha dasturlarni o`chirish, yangi dasturlarni qo`shish) va
dasturni ishga tushirish imkonini yaratadi. 2.1.11-rasmda asosiy modulning faqat
21
Interpolyatsiya (lotincha
interpolis dan - "tekislangan, yangilangan, o'zgartirilgan") - hisoblash matematikasida
ma'lum bo'lgan ma'lum diskret to'plamdan miqdorning oraliq qiymatini topish usuli.
70
dasturni ishga tushirish va servis vazifalarni bajaruvchi qismi ko`rsatilgan, asosiy
modulning o`zi ko`rsatilmagan.