Zbekiston respublikasi


Takrorlash va mustaqil ishlash uchun savollar



Yüklə 10,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/219
tarix17.09.2023
ölçüsü10,93 Mb.
#144789
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   219
K. Gafurov - Mexatronika 1-qism

 
Takrorlash va mustaqil ishlash uchun savollar 
1.
Qaysi sohalarda birinchi bo`lib avtomatik boshqarish vositalari 
qo`llanilgan? 
2.
Sanoat robotlarini ishlab chiqarishga qo`llash qanaqa samara beradi? 
3.
Yig`ish operatsiyalari mashinasozlikda umumiy ishlarning necha 
foizini tashkil qiladi? 
4.
Mexanik yig`ish jarayoni qanday ketma-ketlikda amalga oshiriladi? 
5.
Moslashuvchan ishlab chiqarish tizimining ko`p bosqichli ierarxik 
strukturasini tushuntiring. 
6.
AtmelATmegal 28
mikrokontrolleri afzalliklarini aytib bering. 
7.
RDB tizimining boshqarish oqimlarini tushuntiring. 
 


75 
O`quv-uslubiy tarqatma materiallariga misollar 

Asosiy tayanch so`z va iboralar. 

Asosiy tayanch tushunchalar. 

Mavzu bo`yicha asosiy rasm va illyusrtatsiyalar. 
 
§2.2. ISHLAB CHIQARISH VA MOBIL (OMMABOP) ROBOTLAR 
 
2.2.1. Robotlar haqida tushuncha. Robototexnikaning rivojlanish tarixi 
 
Robot (chesh. “
robot, robota
– majburiy mehnat” yoki “
rob
– qul” degani) 
– tirik organizm printsipi asosida yaratilgan avtomatik qurilma, vosita.
«Robot» so‘zi chex yozuvchisi Karel Chapek va uning ukasi Yozef 
tomonidan o‘ylab topilgan hamda birinchi marta 1920-yilda Chapekning «R. U. R.» 
(«Rossum universal robotlari») p’yesasida tilga olingan.
Oldindan joylashtirilgan dastur bo`yicha va (tirik organizmlar sezish 
organlariga o`xshash bo`lgan) datchiklardan kelayotgan axborot asosida robot 
mustaqil ravishda ishlab chiqarish yoki boshqa operatsiyalarni amalga oshiradi. 
Bunda robot operator bilan aloqaga ega bo`lishi yoki avtonom harakat qilishi 
mumkin. 
Robotlarning tashqi ko`rinishi va konstruktsiyasi juda ham har xil bo`lishi 
mumkin. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish va boshqa sohalarda (texnik va iqtisodiy 
sabablarga ko`ra) inson tashqi ko`rinishidan juda ham farq qiladigan tashqi 
ko`rinishga ega bo`lgan robot ishlatilib kelinmoqda. 

Yüklə 10,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin