151
O`zgarmas tok elektrdvigatellari.
Elektrdvigatellarda serdechniklarda
o`ralgan katushkalar ko`rinishidagi stator (induktor)lar ishlatiladi.
Elektr zanjir
berkitilganda paydo bo`ladigan elektrmagnit induktsiyasi ta`sirida magnit maydoni
chiziqlari paydo bo`ladi.
Rotorlar sim o`ramlar bilan o`ralgan bo`lib, magnit kuchlari ta`sirida
aylanma harakatga keladi. 3.1.5-rasmda elektrdvigatel tuzilishi ko`rsatilgan. Kuchli
elektrdvigatellarda ko`p o`ramli rotor ishlatiladi. Shunday rotor 3.1.6-rasmda
ko`rsatilgan.
3.1.5-rasm. Elektrdvigatel tuzilishi
Manba: https://www.youtube.com/watch?v=kYuowXDTQDU
152
3.1.6-rasm. Ko`p o`ramli rotor
Agar rotor o`ramlari chiqish joyida o`zgarmas tok manbai ulansa,
rotor
yarim aylanib, to`xtab qoladi. Aylanishni davom ettirish uchun tokning qutubini
o`zgartirish kerak bo`ladi. O`ramlar chiqish joyidagi tok qutbini o`zgartiruvchi
moslama
kollektor
deb ataladi.
Qo`llanilishi:
sanoat va maishiy xizmat elektr asboblari; avtomobilsozlikda
oynako`targichlar, ventilyatorlar
va boshqa avtomatika; tramvay, trolleybus,
elektrkara, ko`tarish kranlari va tortish kuchi katta bo`lgan mexanizmlar va h.k.
Afzalliklari:
boshqarishni
osonlashtiradigan
o`zgarmas
tok
elektrodvigatellari xarakteristikalarining chiziqli bog`liqligi; aylanish chastotasining
oson rostlanishi; yaxshi ishga
tushirish xarakteristikalari; kompakt o`lchamlari.
Kamchiliklari:
kollektor va shyotkalarning cheklangan resursi;
asosan
o`zgaruvchan tok tarmog`idan foydalanishimiz uchun, uni to`g`rilash
kerakligi;
rotorlarni yasash qimmatligi.
Dostları ilə paylaş: