Zbekiston respublikasi


O`zgaruvchan magnitli qarshilikli qadamli dvigatel



Yüklə 10,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/219
tarix17.09.2023
ölçüsü10,93 Mb.
#144789
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   219
K. Gafurov - Mexatronika 1-qism

O`zgaruvchan magnitli qarshilikli qadamli dvigatel.
Bu turdagi 
dvigatellarda rotorlarida doimiy magnit yo`q. Buning o`rniga rotor shesternyaga 
o`xshagan tishli disk shaklidagi magnit ta`sir qiluvchi metalldan yasalgan bo`ladi. 
Bunaqa materialga toza temir yoki uning nikel va kobalt bilan qorishmasi misol 
bo`la oladi. Stator 4 tadan ko`p o`ramga ega. O`ramlarga qarama-qarshi juftliklarda 
tok beriladi va ular rotorni tortadi va rotor tishlar bo`yicha aylanadi (3.1.10-rasm).
3.1.10-rasm. O`zgaruvchan magnitli qarshilikli qadamli dvigatel o`ramlarini 
ulash sxemasi 
Servoyuritma 
(lot. 
servus
yordamchi, qul) – tashqaridan berilgan 
parametrlarga asosan o`zining ichki manfiy (salbiy) teskari aloqasi bo`yicha holatini 
avtomatik rostlaydigan mexanik yuritmadir (3.1.11-rasm).
Manfiy teskari aloqa – aloqa turi bo`lib, sistemaga kirish signali birlamchi 
ta`sirini kamaytirishga olib keladigan chiqish signalining o`zgarishidir.


156 
3.1.11-rasm. Servoyuritmaning tarkibiy tuzilishi 
Boshqacha qilib aytganda, servoyuritmada real vaqt rejimida kirishda 
boshqaruv parametrlarini qabul qilib olib, “o`zining kuchi bilan” (datchiklari 
ko`rsatgichlariga asoslanib) ijrochi elementning kerakli chiqish parametrlarini 
ta`minlaydi. Uning tarkibida holat va tezlik datchiklari kiradi. Servodvigatelni 
boshqarish chastotani o`zgartiruvchi inventor yordamida amalga oshiriladi.
Boshqa yuritmalardan farqi shundaki, uni tezlik, moment va holat bo`yicha 
boshqarib bo`ladi. Shuning uchun uni pozitsiyalash, boshqarish masalalarida 
ishlatish mumkin. Bunday yuritmalar harakatning silliqligini, vibratsiyaning va 
akustik shovqinning kamligini ta`minlaydi. 
Servodvigatellarning asosan quyidagi turlari ko`p ishlatiladi: 
asinxron, 
sinxron, o`zgarmas tokda ishlaydigan 
(3.1.12-rasm).
Asinxron servodvigatellar metallurgiyada, ekstruderlarda, plastmassalarni 
bosim ostida quyuvchi mashinalarda, oziq-ovqat sanoatida, ichimliklarni quyishda, 


157 
avtomobilsozlikda va b. ishlatiladi.
Sinxron servodvigatellar dasturli boshqariladigan stanoklarning tez 
harakatchan sistemalarida ishlatiladi. 
O`zgarmas tok servoyuritmalari juda kam ishlatiladi, chunki ularga doim 
texnik ko`rsatishni talab qiladi va avtomatizatsiyalash darajasi past. 

Yüklə 10,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin