Zbekiston respublikasi


-rasm. Har xil quvvatli servodvigatellar



Yüklə 10,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/219
tarix17.09.2023
ölçüsü10,93 Mb.
#144789
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   219
K. Gafurov - Mexatronika 1-qism

3.1.12-rasm. Har xil quvvatli servodvigatellar 
Manba: http://www.servotechnica.ru/catalog/type/index.pl?id=104
 
 
Chiziqli elektrdvigatellar
stator va rotorning bir-biriga nisbatan to`g`ri 
chiziqli harakatlantirish xususiyatiga ega. Standart elektrdvigatellarda rotor va stator 
xalqa shaklida bo`ladi, chiziqlisida esa – ular polosa shaklida ishlangan. 
Dvigatelning qo`zg`almas qismi – stator uzunligi cheklangan ochiq magnit 
o`tkazgich bo`lib, uning o`ramlariga navbatma-navbat tok beriladi va “yuradigan” 
magnit maydoni hosil qilinadi. Uning ustida ferromagnit plastinadan va ko`p fazali 
o`ramlardan tuzilgan yassi rotor joylashgan. Rotor statordagi magnit oqimini yopadi 
va yo`naltiruvchi bo`yicha ilgarilanma harakat qiladi (3.1.13-rasm).


158 
3.1.13-rasm.
Chiziqli elektrdvigatelning ishlash sxemasi 
Ana shunday dvigatel 3.1.14-rasmda ko`rsatilgan. Stator (induktor) doimiy 
magnitli polosa shaklida, rotor (yakor) shu korpusda ferromagnit plastinalar shaklida 
ishlangan. Rotor chiziqli yo`naltiruvchilar bo`yicha ilgarilanma-qaytarma 
harakatlanadigan transportlovchi plastinada (ijrochi organda) qotirilgan. Rasmda 
ijrochi organda o`rnatilgan harakat datchigi ko`rsatilmagan. Egiluvchan kabel-kanal 
orqali yakor o`ramlari va datchiklar uchun tok ta`minoti keltiriladi. 
Bunday dvigatellarning ajraluvchan xususiyati - harakatchan qismi tezligini 
rostlashning soddaligidadir. 
Elektrdvigatel quvvatini hisoblash.  
Dvigatelning quvvatini aniqlash yoki 
uni energetik hisoblash MM ni konstruktsiyasini ishlash jarayonida muhim bo`lib 
hisoblanadi va bu ratsional ravishda dvigatelni tanlash, uni o`zgartirishga 
yo`naltiriladi, hamda chiqish zvenosining harakatining berilgan qonuniyatlariga 
rioya qilishga yordam beradi. Bunda, yuritma modulning energetik xususiyatlari, 
uning kinematik va dinamik xossalarini belgilaydi, lekin yuritma qimmat hamda 
energiya va material xarajatli hisoblanadi. Shuning uchun, MM ni loyilashtirishda 
uning xarakteristikalari bilan narxi, quvvati va og`irligini minimallashtirishga 
erishish lozim. 


159 

Yüklə 10,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin