Zbekiston respublikasi


Asosiy tayanch so`z va iboralar



Yüklə 10,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/219
tarix17.09.2023
ölçüsü10,93 Mb.
#144789
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   219
K. Gafurov - Mexatronika 1-qism

 
Asosiy tayanch so`z va iboralar 
Yuritma; elektryuritma; o`zgarmas tok dvigatellari; o`zgaruvchan tok dvigatellari; 
qadamli dvigatellar; servodvigatellar; chiziqli elektrdvigatellar
Asosiy tayanch tushunchalar 
* Yuritma, asosan dvigatel, harakatni o`zgartiruvchi va uzatuvchi 
mexainzmlar hamda uni boshqaruvchi qurilmadan tuzilgan. 
* Yuritmalarni mexatron tizimlarning “muskuli” deyish mumkin. Ular 
boshqarish buyruqlarini (asosan elektr signallarni) boshqaruv qurilmasidan olib
fizik qismida o`zgartirish kiritadilar va ishchi organda kuch va harakat hosil 
qiladilar. Harakatni o`zgartiruvchi va uzatuvchi mexainzmlar dvigatel va ishchi 
organ orasidagi interfeys sifatida amal qiladi. 
* Mexatronik tizimarda qo`llaniladigan yuritmalarga maxsus talablar 
qo`yiladi: ular massasi va gabarit o`lchamlari minimal bo`lishi; tezharakatchan va 
aniq ishlashi; turg`un bo`lmagan rejimda ishlashiga qaramay o`tish jarayonlari 
amalda tebranishsiz bo`lishi; ishonchli, arzon va ishlatishga qulay bo`lishi kerak. 
*
Elektryuritmalar elektrdvigatel valining aylanma harakatini ijrochi 
mexanizmning ilgarilanma-qaytarma harakatiga o`zgartirib beradi.
* Hozirgi vaqtda mexatronikada elektryuritmalarni qo`llash sohalari: juda 
sifatli boshqariluvchi yengil MTlar; kichik massali (10-100 kg li) og`irlik 
ko`taruvchi qurilmalar; mobil robotlar. 
* Ventilli elektrdvigatel - o`zgarmas tok elektrdvigatelining bir turi bo`lib, 
unda shyotkali-kollektorli uzel rotor holati datchigi yordamida boshqariladigan 
yarim o`tkazgichli kommutator bilan almashtirilgan. 
* Qadamli elektrdvigatellar elektr impulslarni diskret xarakterdagi mexanik 


162 
harakatga o`zgartirish printsipi asosida amal qiladi. Ko`pchilik ofis va kompyuter 
texnikasi ushbu dvigatellar bilan jihozlangan. Ular o`lchami kichik va yuqori 
samaradorli hisoblanadi. 
*
 
Servoyuritma (lot. 
servus
yordamchi, qul) – tashqaridan berilgan 
parametrlarga asosan o`zining ichki manfiy (salbiy) teskari aloqasi bo`yicha holatini 
avtomatik rostlaydigan mexanik yuritmadir. 
* Chiziqli elektrdvigatellar
 
stator va rotorning bir-biriga nisbatan to`g`ri 
chiziqli harakatlantirish xususiyatiga ega. Standart elektrdvigatellarda rotor va stator 
xalqa shaklida bo`ladi, chiziqlisida esa – ular polosa shaklida ishlangan. 

Yüklə 10,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin