7.2. Faoliyat turlari: jismoniy va aqliy harakatlar Har qanday faoliyat real shart-sharoitlarda, turli usullarda va turlicha ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. qilinayotgan har bir harakat ma’lum narsaga – predmetga qaratilgani uchun ham, faoliyat predmetli harakatlar majmui sifatida tasavvur qilinadi. Predmetli harakatlar tashqi olamdagi predmetlar xususiyatlari va sifatini o’zgartirishga qaratilgan bo’ladi. Masalan, ma’ruzani konspekt qilayotgan talabaning predmetli harakati yozuvga qaratilgan bo’lib, u avvalo o’sha daftardagi yozuvlar soni va sifatida o’zgarishlar qilish orqali, bilimlar zahirasini boyitayotgan bo’ladi. Faoliyatning va uni tashkil etuvchi predmetli harakatlarning aynan nimalarga yo’naltirilganiga qarab, avvalo tashqi va ichki faoliyat farqlanadi.