10.4. Asosiy tushuncha va atamalar Ijtimoiy-psixologik tafakkur; ijtimoiy psixologiya; ijtimoiy stereotiplar; qadriyatlar tizimi; ijtimoiy identifikasiya; ijtimoiy xulqning motivlari; agressiv xulq-atvor; sabablar yoki motivlar tizimi; agressiya va egressiya; sabab va oqibat; agressiyaga moyillik darajasi; egressiv xulqning motivasiyasi; mustaqil fikrlash; “subyekt-obyekt” va “subyekt-subyekt” munosabatlari; tafakkur mustaqilligi; mustaqil fikr rivojlanganligining mezonlari
10.5. Rezyume Agressiya yoki kishilar o’rtasida paydo bo’lgan kelishmovchiliklar oqibatida kelib chiqadigan vajohat holati bugungi kunda, nafaqat, psixologlarni, balki sosiologlar, huquqshunoslar, pedagoglar, faylasuflar, ijtimoiy soha xodimlari hamda turli bo’g’in rahbarlarini ham baravar qiziqtirayotgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari egressiv xulqni shakllanishiga turtki berayotgan motivasiyalar, ya’ni kishilar o’rtasidagi nizo, bir-biriga nisbatan zo’ravonlik kabi hissiyotlarni keltirib chiqaruvchi sabablar masalasini ham o’rganish anchalik amaliy ahamiyatga molik jarayonlardandir.