12.3 Asosiy tushuncha va atamalar Insoniy munosabatlar psixologiyasi; o’zaro munosabatlar; samarali ta’sir; shaxslararo muomala; bir-birini tushunish; ijtimoiy tajriba; faoliyatga hozirlanish; sosiometrik texnologiya; ijtimoiy-psixologik tafakkur; muloqot; professionalizm tushunchasi; kommunikativ uquvsizlik; diskommunikasiya holati; ijtimoiylashuv jarayoni; faol muloqotning paradoksal tomoni; tinglash mahorati; professional tinglash texnikasi.
12.4. Rezyume Xulosa qilib aytganda insoniy munosabatlar psixologiyasi deganda, bu avvalo, o’zaro munosabatlarga kirishayotgan tomonlarning bundan ko’zlaydigan asosiy maqsadlari majmasi tushuniladi. O’zgalarga samarali ta’sir eta olishga bo’lgan intilishi esa, muloqotning tuzilmaviy tomonlarini tadqiq etishni shakllantiradi. Shu bois, ushbu yo’nalishda olib borilgan ilmiy izlanishlarda muloqotning kommunikativ tomonini ma’lumotlar almashinuv jarayoni sifatida baholangan. Uning interaktiv hamda perseptiv tomonlari esa idrok qilishning persepsiya mexanizmlarini o’rganishni taqozo etadi. Natijada shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o’rni belgilanib, unda kishilarning bir-birini tushunishi, ijtimoiy tajribasi hamda faoliyatga hozirlanishi kabi masalalar ijtimoiy-psixologik jihatdan tahlil qilingan. Odatda, muloqot bilan bog’liq masalalar fanda tadqiq qilingan bir sharoitda kishilar o’rtasida “Professionalizm”ni shakllanishi, diskommunikasiya holatining yuzaga kelishi kabi ustivor muammolar shaxsning ijtimoiylashuv jarayoni qanday kechganligi yoki kechayotganligini ko’rsatib beradi.