2.6. Asosiy tushuncha va atamalar Psixologik bilimlar; psixologiya tarixi; antik dunyo; empirik psixologiya; ekmperimental psixologik laboratoriya; strukturalizm; funksionalizm; bixeviorizm; psixoanaliz; “id (u) – ego (men) – superego (mendan oliy)”; libido; agressiv energiya; interaksionizm; kognitivizm; geshtald psixologiya; psixologiya va falsafa; psixologiya va tarix; psixologiya va sosiologiya; psixologiya va pedagogika; psixologiya va tabiiy fanlar; psixologiya va kibernetika; psixologiya va texnika fanlari; psixologiya va iqtisodiyot; sanoat va ishlab chiqarish sohasi; siyosat sohasidagi psixologiya.
2.7. Rezyume Darhaqiqat psixologik bilimlarning paydo bo’lishi o’z navbatida “Psixologiya” faning shakllanishiga sababchi bo’ldi. Fanda ushbu bilimlarni e.av. 4-5-asrlar va 16-17-asrlardagi rivoji esa, amaliy psixologiya sohasining o’ziga xos taraqqiyot bosqichi, deb qabul qilindi. Strukturalizm, funksionalizm, bixeviorizm, freydizm, gishtaldizm, kognivitizm yo’nalishlarning yuzaga kelishi, ularning asoschilari hamda izdoshlari mazkur fanning shakllanishi uchun munosib ulushlarini qo’sha oldilar va nomlarini tarixda qoldirdilar. Shuningdek, psixologiya fan sifatida falsafa, tarix, sosiologiya, pedagogika, tabiiy fanlar, kibernetika, texnika fanlari, iqtisodiyot hamda qator fanlar bilan doimiy ravishda o’zaro aloqa qoladi. Uning sanoat va ishlab chiqarish sohasi; siyosat sohasidagi psixologiya; oila va nikoh borasidagi tadbiqiy ishlar; maorif sohasidagi amaliy ishlar; huquqbuzarlikning oldini olish kabi sohalari hozirgi kunda alohida ravishda o’zining mustaqil faoliyatini yuritmoqda.