Psixologiya sohasida ilmiy tekshirish olib borishning o'ziga xosligi reja



Yüklə 72 Kb.
tarix22.07.2023
ölçüsü72 Kb.
#137156
PSIXOLOGIYA SOHASIDA ILMIY TEKSHIRISH OLIB BORISHNING O\'ZIGA XOSLIGI


PSIXOLOGIYA SOHASIDA ILMIY TEKSHIRISH OLIB BORISHNING O'ZIGA XOSLIGI
Reja:
1.Psixologiya sohasida ilmiy-tеkshirish olib borishning o‘ziga xosligi.
2.Psixologik tadqiqot mеtodlari.
3.Psixologik tadqiqot o‘tkazish shakllari.
4.Umumiy psixologiyasining asosiy metodlar.
5.Umumiy psixologiyasining yordamchi metodlari

KIRISH
Psixologiya mustaqil fan sifatida namoyon bo‘ladi. U inson ruhiy faoliyatining tabiiy, tarixiy va ijtimoiy tomonini o‘rganadi. Psixologiya falsafa, tarix, san’atshunoslik, texnika, pedagogika fanlari bilan uzviy bog‘liq.
Rus pedagogi va psixologi K.D.Ushinskiy pedagogika uchun o‘z ahamiyatiga ko‘ra psixologiya barcha fanlar ichida birinchi o‘rinda turadi, deb ta’kidlagan.
Psixologiyaning tamoyillari quyidagicha:
1. Determinizm tamoyili;
2. Ong va faoliyat birligi tamoyili;
3. Psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi tamoyili.
Tamoyil – ma’lum faoliyatni bajarishda tayaniladigan dastlabki qoidalar tizimidir.
Determinizm tamoyiliga ko‘ra, psixika yashash sharoiti bilan belgilanadi va sharoit o‘zgarishi bilan o‘zgaradi.
Ong va faoliyat birligi tamoyiliga ko‘ra, ong va faoliyat bir-biriga qarama-qarshi ham, aynan bir narsa ham emas. Ular bir butunlikni tashkil etadi. Ong faoliyatni ichki rejasini, dasturini tashkil etadi. Bu tamoyil psixologlarga inson xulq-atvori, xatti-harakatlari va faoliyatlarini o‘rganish orqali xatti-harakatlardan ko‘zlangan maqsadlarga, muvaffaqiyatlarga erishishni ta’minlovchi ichki psixologik mexanizm, ya’ni psixikani ob’ektiv qonuniyatlarini ochishga imkon beradi.
Hozirgi zamon psixologiya sohalari hozirgi kunga kelib 300 dan ortiqni tashkil qiladi. Bu sohalar o‘ziga xos ob’ektga ega bo‘lib, bir-biridan farq qiladi.
Professor A.V.Petrovskiy psixologiya fan sohalarini quyidagicha tasniflashni ilgari surdi:
Aniq faoliyat turlarini o‘rganuvchi psixologiya sohalari.1
Rivojlanishning yosh xususiyatlarini o‘rganuvchi psixologiya sohalari.
Shaxs va jamiyatga bo‘lgan munosabatni o‘rganuvchi psixologiya sohalari.
Aniq faoliyat turiga ko‘ra psixologiyaning quyidagi turlari mavjud:
- mehnat psixologiyasi. Mehnat psixologiyasining bir nechta bo‘limlari mavjud;
a) muhandislik psixologiyasi
b) aviatsiya psixologiyasi
v) kosmik psixologiya
- Pedagogik psixologiya. Pedagogik psixologiya bo‘limlari quyidagilardir:
a) ta’lim psixologiyasi;
b) tarbiya psixologiyasi;
v) o‘qituvchi psixologiyasi;
- Tibbiyot psixologiyasi. Uni quyidagi tarmoqlari mavjud:
a) neyropsixologiya — psixik hodisalar bilan miyadagi fiziologik tuzilishlar o‘rtasidagi nisbatni o‘rganadi;
b) psixofarmakalogiya — dorivor moddalarning shaxs ruhiy holatiga ta’sirini o‘rganadi;
v) psixoterapiya — bemorni davolash uchun ruhiy ta’sir vositalarini o‘rganadi;
- Yuridik psixologiya. Uning quyidagi tarmoqlari mavjud.
a) sud psixologiyasi
b) kriminal psixologiya
- Harbiy psixologiya.
- Sport psixologiyasi
- Savdo psixologiyasi
- San’at psixologiyasi
- Ilmiy ijodiyot psixologiyasi
Rivojlanishning yosh xususiyatlarini o‘rganuvchi sohalar.
Yosh psixologiyasi - inson shaxsining psixologik xususiyatlari va bilish jarayonlarining ontogenezda rivojlanishini o‘rganadi. Yosh psixologiyasi bolalar psixologiyasi, o‘smirlar psixologiyasi, kattalar psixologiyasi, gerontopsixologiya kabi tarmoqlarga bo‘linadi.
Patopsixologiya- miya faoliyati buzilishlari natijasida kelib chiqadigan turli shakldagi ruhiy rivojlanishdan chetlanishni o‘rganadi.
Oligofrenopsixologiya - miyaning tug‘ma kamchiliklari tufayli paydo bo‘ladigan bo‘limlarni o‘rganadi.
Surdopsixologiya – eshitish faoliyatida jiddiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarning rivojlanishini o‘rganadi.
Tiflopsixologiya – ko‘rish qobiliyati past yoki umuman ko‘rmaydigan kishi faoliyatini o‘rganadi.
Qiyosiy psixologiya –hayotning filogenetik shakllarini o‘rganuvchi psixologiya sohasi bo‘lib, inson va hayvonlar psixologiyasini solishtirish orqali o‘xshashlik va farq qiluvchi tomonlarini aniqlaydi.
Akmeologiya - yetuklik darajasiga erishgan shaxs rivojlanishining yuqori darajasi ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini, ayniqsa rivojlanishining eng yuqori cho‘qqiga erishish xususiyatlarini o‘rganadi.
Inson va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning psixologik tomonlarini o‘rganuvchi psixologiya sohalari.
1. Ijtimoiy psixologiya – uyushgan va uyushmagan ijtimoiy guruhlardagi shaxslararo o‘zaro tasir jarayonida paydo bo‘ladigan psixologik hodisalarni o‘rganadi.
2. Differentsial psixologiya – shaxs shakllanishining individual psixologik yo‘naltirilganligi kabi xususiyatlarni o‘rganadi.
3. Din psixologiyasi – inson ongiga diniy qarashlarning tasiri masalalarini o‘rganadi.
4. Etnopsixologiya – inson psixologiyasining etnik xususiyatlari, milliy xarakter, milliy tuyg‘u, milliy g‘oya, o‘z-o‘zini anglash, etnik stereotip, ularning qonuniyatlari va vujudga kelish xususiyatlarini o‘rganadi.
5. Boshqaruv psixologiyasi – bu psixologiya fanining shunday sohasiki, unda inson tomonidan – boshqarishning psixologik tomonlarini o‘rganadi.2
6. Marketing psixologiyasi – yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishda ishlab chiqarish korxonalari va firmalarni boshqarishni va ular faoliyatini tashkil etishning psixologik muammolarini tadqiq qiladi.
Psixologiyaning tadbiqiy sohalari:
Eksperimental psixologiya – eksperimental metodlar yordamida psixik hodisalarni tadqiq qilishning umumiy sohasi. Psixologiya fan sifatida falsafadan ajralib chiqishida, eksperimental tadqiqotlar o‘tkazishda asosiy rol o‘ynagan.
Ekstremal psixologiya – insonnning o‘zgargan muhit shart-sharoitlarida psixik faoliyatning kechishi qonuniyatlarini o‘rganadigan psixologiya sohasi.
Psixofiziologiya – odamlarning individual psixologik va psixofizio-logik farqlarini tadqiq qiluvchi, psixologiya sohasi.
Siyosiy psixologiya – jamiyatning siyosiy hayotidagi psixologik xususiyatlar, holatlar, qonuniyatlar, ta’sirchanlik va ta’sir ko‘rsatish jarayonlari kabi jabhalarni tekshiruvchi psixologiya sohasi.
Oila psixologiyasi – oila psixologiyasini o‘rganuvchi, fanlararo tadqiqot qilishga yo‘nalgan psixologiya sohasi.
Parapsixologiya – hozirgi zamon fanining chegarasidan tashqaridagi, tushuntirish qiyin bo‘lgan psixik hodisalarni o‘rganadi.

Psixologik tadqiqot bosqichlarini





I

Tayyorlov bosqichi – ilgari surilgan vazifalarni o‘rganish, farqlarni aniqlash. Tadqiqot vazifalari va ilmiy farazini belgilash, metodikalarini ishlab chiqish.

II

Xulosalarning to‘g‘riligini isbotlash. Buning uchun turli metodlardan foydalaniladi.

III

Tadqiqot natijalari son tahlili. O‘rtacha kattalikni, korrelatsiya koeffitsentini aniqlash, ishlab chiqish va boshqalar. Grafiklarni tuzish

IV

Natijalarni sharxlash va xulosalarni ifoda etib berish.

Metod – uslubning manosi biror narsaga borish yo‘li demakdir. Umuman psixologiyada inson psixikasini tadqiq qilishda metodlarning turli tasnifi mavjuddir.
Tadqiqot metodlarini ilmiy jihatdan tahlil qilgan rus psixologi B.G.Ananev mazkur metodlarni xususiyatlariga qarab klassifikatsiya qilgan.
B.G.Ananev psixikani o‘rganish metodlarini turli guruhga ajratib, o‘rgangan:
A) tashkiliy guruhga - qiyoslash, longityud, kompleks metodlari kiradi;
B) emperik guruhga kuzatish, eksperiment, suhbat, so‘rovnoma, test, faoliyat mahsulini o‘rganish metodi, biografiya, sotsiometriya;
V) natijalarni qayta ishlash yoki statistik metodlar;
G) sharhlash guruhiga genetik va donalash metodlari kiradi.
Boshqa fanlarni o'rganish kabi, psixologiyani o'rganishning ham, avvalo, bilish, ma'lumot olish uchun ahamiyati bor. Biz psixologiyani o'rganib, voqelikning g'oyat katta va sifat jihatdan o'ziga xos sohasi - psixik hayot sohasi haqida bilim olamiz. Psixika qanday kelib chiqqan, hayvonot dunyosida psixik hayot shakllari qanday taraqqiy etgan, odam psixikasi tarixan qanday rivojlangan, har bir odam tug'ilish paytidan tortib uning ongi qaysi shart-sharoitlarga qarab taraqqiy etadi, xarakter qanday vujudga keladi, odamning qobiliyatlari qanday shakllanadi - psixologning ilmiy tadqiqotlari ana shu savollarimizga javob beradi. Odam tevarak-atrofdagi dunyoni qanday idrok etadi, u qanday esida qoldiradi, qanday esga tushiradi va fikr yuritadi, u qanday hislarni ko'nglidan kechiradi, odam tevarak-atrofdagi dunyoni o'z ehtiyojlariga moslashtirib, yangi moddiy va ma'naviy boyliklarni vujudga keltirib, qanday ish ko'radi - psixologiyani o'rganish bilan ana shu masalalarni bilib olamiz. Psixologiyani o'rganish odamni psixika haqidagi va psixik hayotning xilma-xil hodisalari haqidagi bilimlar bilan boyitibgina qolmay, shu bilan birga odam aqlini ham o'stirishga yordam beradi. Odam aqlini o'stirish, jumladan, yangi bilimlar va ko'nikmalarni tezroq egallash, yangi nazariy va amaliy vazifalarni to'g'ri hal qilish qobiliyatini takomillashtirishda, o'z fikrlarini nutqda to'g'ri ifodalay bilish va boshqalarning nutqini to'g'ri tushuna bilishda ham o'z ifodasini topadi. Albatta, har bir fan bilan shug'ullanish odamni kamolga yetkazadi. Ammo psixologiya bu sohada alohida o'rin tutadi. Odam psixologiyani o'rganar ekan, avvalo o'z aqlidrokini, uning jarayonlarini bilib oladi, unga diqqat-e'tibor beradi, aqlning faoliyatini kuchaytiradigan shart-sharoitni bilib oladi va shu bilan o'z aql-idrokining ko'proq o'sishiga yordam beradi. 12 I i • , ( . , Psixik hayot hodisalari haqidagi ilmiy bilimlarni egallash shaxs dunyoqarashining shakllanishida katta ahamiyatga egadir. Psixologiyani bilish, psixikani chinakamiga ilmiy asosda tushunish kishilar ongidagi har xiI diniy taassub va xurofotlarga qarshi kurashda juda kuchli qurol bo'lib xizmat qiladi. Odam psixologiyani o'rganar ekan, o'zidagi psixik hayotni va boshqa kishilar psixikasini bila oladigan bo'lib qoladi. Bu bilim esa boshqa kishilarni va o'zini yaxshiroq tushunishga imkon beradi. Psixologiyaning bilish, ma'lumot olish ahamiyati shulardan iboratdir. Shu bilan birga psixologiya (jumladan, psixologiya metodlari) kishilar amaliy faoliyatining har xiI turlarida - ta'lim-tarbiya, ishlab chiqarish, mehnat, tibbiyot, sud-huquqshunoslik, harbiy-mudofaa, san'at va boshqa sohalarda ham katta ahamiyatga egadir. Pedagogika ishida, ya'ni yosh avlodni o'qitish va tarbiyalashda psixologiyaning ahamiyati, ayniqsa, katta. Pedagog o'quvchilarga biron materialni tushuntirar ekan, shu materialni bolalar qanday o'zlashtirayotganini - kO'ruvchilar qanday idrok etayotganini, eslab qolayotganini, fikrlayotganini, ubrda diqqat-e'tibor. hissiyot qanday namoyon bo'layotganini, bolalarning yosh xususiyatlariga qarab bu jarayonlar qanday ro'y berayotganini bilish lozim. Hozirgi paytda ishlab chiqarish, ishlab chiqarish ta'limi va rnehnarni tashkil etishning har xiI turlarida psixologiyadan keng foydalanilmoqda.
Ishning har bir turi, har bir kasb odamdan tegishli bilim va mahorar ralab qilish bilan birga maxsus psixologik sifatlarni ham talab qiladi. Shu sababli. ixtisosga qarab murakkab va mas'uliyatli mehnat operarsiyalarini bajarishga to'g'n keladigan kishilar ma\sus psixologIl\. tekshirishdan o'tkaziladi. Masalan, dastlabki kosmonavtlarni tanlashda tabbgorlar xotirasi juda yaxshi, [1hmi o'tkir, diqqatini bir narsadan ikkinchi narsaga tez kO'chira oladigan, aniq lIyg'lIn harakatlarni tez bajara obdigan kishilarni ajratib olish maqsadida tekshirib kO'rildi. Korxonalar va boshqa xo'jalik, madaniy va ma'l1luriy 11l1lassasalarining hamda tashkilotlarning rahbarJari kadrlarni tanlay bilishi, ularni joyjoyiga qO'ya bilishi, ularga rahbarlik qila olishi kerak. Buning uchun esa ularning qobiliyatlari, xarakteri, mehnatga ll1unosabati va boshqa shu kabilarning farqiga bora bilishi kerak. Psixologiya tibbiyot bilan qadill1dan bog'lanib keladi. Kasalliklar oraslda psixik kasalliklar bo'ladi. Bunday kasalliklarni ham, asosan. psi\.ologik vositalar bilan davolashga to'g'ri keladi. Shifokor psixik kasallikbrni ya\.- shiroq ajrata bilmoq uchun odamning normal psixologiyasini ham bilishi kerak. Boshqa kasalliklarni. ayniqsa, nerv kasalliklarini davolashda ham shifokor bemorning ruhiy holatini bila olishi va kasallikning borishiga IJ ruhiy holatning ta'sirini nazarda tutishi lozim. Shifokor bemorga psixik ta'sir ko'rsatish vositalarini, ishontirish, maslahat berish va boshqa shu kabilarning ahamiyatini bilishi kerak. Psixologiya sud ishida ham muhim rol o'ynaydi. Sud xodimi ayblanuvchining ruhiy holatini, guvohlarning so'roqda aytgan gaplarini psixologik jihatidan tahlil qila bilishi kerak. Kishilar biron ayb, jinoyat qilganlarida nima niyat bilan shunday qilganliklarini sud xodimi fahmlay bilishi kerak. Ayhdorlarning individual xususiyatlarini ham bilib olishga to'g'ri keladi. Bularning hammasida ustalik bilan ish ko'rmoq uchun odamning psixikasini bilish, psixologiyani o'rganish kerak. 
Psixologiyaning san'atdagi ahamiyatini ham ko'rsatib o'tmoq kerak. Har bir san'atkor (artist, musiqachi, rassom va shunga o'xshashlar) kishilarga - tomoshabinlarga, tinglovchilarga o'z ijodi bilan ta'sir ko'rsatishni maqsad qilib qo'yadi. Buning uchun esa odamning qanday idrok qilishini, qanday fikrlashini va qanday his qilishini bilmoq kerak. San'at arbobi obraz yaratish ustida ishlaydi, shu obrazning biror badiiy vosita bilan gavdalantiradio Buning uchun san'atkor obrazni qanday elementlardan qay tariqa yaratilishini bilishi kerak. U ijodiy faoliyat psixologiyasini bilishi shart. Psixologiyani bilish kundalik turmush uchun ham foydali. Har kim doimo boshqa kishilar o'rtasida bo'ladi, muayyan munosabatlar - tanishbilishlik, oshna-do'stlik va boshqa shu kabilar tufayli boshqa kishilar biIan aloqa qiladi. Har birimizga boshqa kishilarning xarakter, havas, kayfiyatlarini bilib olishga, kishilarning bir-birini ajratishga va ularga ta'sir ko'rsatishga to'g'ri keladi. Bu yerda shuni aytish kerakki, odamzod faoliyatining turli sohalarida psixologik bilimlarning amalda qo'llanish psixik hayot hodisalari, uni qonuniyatlari haqidagi bilimlarini kengaytirish, chuqurlashtirish va oydinlashtirish uchun ham ko'p material beradi va shu bilan psixologiyaning nazariy sohalarini boyitadi. Psixologiyaning ilmiy bilish va amaliy ahamiyati shundan ham ko'rinadiki, psixologiyaning tarixiy taraqqiyotida unda bir qancha maxsus tarmoqlar ajralib chiqdi. Psixologiyaning bu tarmoqlari hozirgi vaqtda mustaqil fanlar darajasiga ko'tarildi. Psixologiyaning shu tarmoqlaridan bir qismi ko'proq nazariy xarakterda bo'lsa, ikkinchisi ko'proq amaliy xarakterdadir. V. PSIXOLOGIYA METODLARI I ~ I, Psixologiyada tekshiriladigan psixik hayot hodisalari juda xiI rna-xi I va I murakkab hodisalardir. Bu hodisalar qanday metodlar bilan, ya'ni qaysi yo'llar bilan, qanday usullar bilan tekshiriladi, degan savol tug'iladi. 14 shaxsining amalda bunday «bo'Iinib ketishi» mumkin emas. O'z-o'zini kuzatishda psixik hodisalami (masalan, shodlik yoki qayg'u hissini, tafakkur jarayonini) ham boshdan kechirish, ham shu hodisalami o'rganish juda qiyin ekanIigi, ba'zan esa butunlay mumkin bo'lmasligi ko'rsatib o'tildi. O'z-o'zini kuzatish metodining cheklanganligini ham uning kamchiligi deb bilish kerak. Psixolog o'z-o'zini kuzatish yo'li bilan faqat o'z psixikasini o'rganadi-da, axir. Shunday bo'lgach, odam psixikasi haqidagi fan faqat psixologlaming o'z psixologiyasiga aylanib ketadi. Bunday psixologiya madaniy taraqqiyot jihatidan yuksak darajada turgan, o'z ixtisosiga ko'ra o'zini-o'zi kuzata oladigan va o'zini-o'zi muhokama qila oladigan kishilar psixikasi haqidagina bilim beradi. Ammo madaniy taraqqiyotning pastroq bosqichida turgan kishilar psixikasi haqidagi ta'limot ham, bolalar psixikasi haqidagi ta'limot ham psixologiyaga qo'shilishi kerak. Madaniy taraqqiyotning pastroq bosqichida turgan kishilar va bolalar esa fan nuqtayi nazaridan o'z-o'zini kuzata olmasIigi tabiiy. Demak, o'z-o'zini kuzatish yo'li bilan odam psixik taraqqiyotining turli bosqichlari haqida bilim olib bo'lmaydi. Nihoyat, o'z-o'zini kuzatish metodining yana bir katta kamchiligi shuki, bu yo'l bilan olingan ma'lumotlar psixik hayot hodisalarini turli yo'sinda bir tomonlama, subyektiv talqin qilishiga olib keIishi mumkin.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. F.I.Xaydarov, N.I .Xalilova Umumiy psixologiya T 2010

  2. P.Ivanov, M.Zufarova Umumiy psixologiya T 2008

  3. www.psichology.uz

  4. www.tdpu.uz


  1. 1 F.I.Xaydarov, N.I .Xalilova Umumiy psixologiya T 2010




2 P.Ivanov, M.Zufarova Umumiy psixologiya T 2008



Yüklə 72 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin