Mobil va rigid toifali shaxslar Bu shaxs tiplari muloqotga kirishish me’zoniga ko’ra farqlanadi. Masalan, mobil tip har qanday ish bilan mashg’ul bo’lgan sharoitda juda tez muloqotga kirishadi, lekin boshqa narsalarga ham diqqatini ko’chirishi mumkin. U tez gapiradi, doimo shoshadi, yuz ifodalari ham tez o’zgaradi. Suhbat mavzusinn ham tez-tez o’zgartirib turishga moyil. Gaplashib ketishi qanchalik oson bo’lsa, gapni tugatib, xayrlashib ketishi ham oson. Suhbat tugagandan keyin qolgan ishini davom ettirib ketaveradi.