8.5. Asosiy tushuncha va atamalar Individ; individuallik; temperament; xarakter; irodaviy sifatlar; emosiya (hissiyot)lar; shaxs iqtidori; qobiliyatlar; intellekt; orttirilgan sifatlar; intellektual salohiyat;. qobiliyatlarning psixologik strukturasi; qobiliyatlar va qiziqishlar diagnostikasi; nutqining xususiyatlari; tashqi qiyofa; fizionomika; xiromantiya; konstitusion nazariyalar.
8.6. Rezyume Fanda “individ” tushunchasi “odam” degan tushunchani to’ldirib, uning ijtimoiy va biologik mavjudot sifatida mavjudligini tasdiqlaydi. Bu tushunchaning mohiyatini bir tomondan, boshqa odamlardan farqlovchi belgi va xususiyatlari, ikkinchi tomondan, o’ziga va o’ziga o’xshashlarga xos bo’lgan umumiy va xarakterli xususiyatlari tashkil etadi. Demak, individ – insonga aloqadorlik faktini tasdiqlovchi ilmiy kategoriyadir. “Individuallik” esa, yuqoridagi har ikkala tushunchalarga nisbatan torroq tushuncha bo’lib, u konkret odamni boshqa bir konkret odamdan farqlovchi barcha o’ziga xos xususiyatlar majmuini ifodalash uchun qo’llaniladi. Har bir shaxs bir-biri bilan xarakter, temperament hamda irodaviy sifatlarining betakrorligi o’zining