o’zgalar tomonidan ijobiy hissiy munosabatning yo’qligi;
o’zi to’g’risidagi bahoning o’zgalarnikidan farq qilishi;
kuchi yetmaydigan vazifalar va talablarning muntazam qo’yilishi tufayli paydo bo’lgan mag’lubiyatdan qo’rqish holati;
o’ziga ishonchmaslik, g’olib chiqishga ko’zi yetmaslik, jazodan qochish.
Shunday qilib, bugun jahon ilmu-fani odamlar o’rtasidagi turli xil nizolarni oldini olish usullariga ko’proq e’tiborni qaratmoqda. Bizga kundalik hayotimizdan ma’lumki, biz ijtimoiy hayot normalarini buzgan, o’zgalarga tazyiq qilgan kimsalarni jazolash orqali noxushliklarning oldini olishga o’rganganmiz. Lekin ayniqsa, qonunbuzarliklar bilan jinoiy ish qilganlarning xulq-atvori o’rganilganda, ularni ana shunday bag’ritoshliklari yoki janjalkashliklari uchun jazolash unchalik samarali emas ekan. Yoki achchiqlangan odam o’z “zahrini to’ka qolsin, yengillaydi” degan sharqona yondoshuv ham u qadar foyda bermaydi. Shuning uchun ham amaliyotchi psixologlar ana shunday holatlarni oldini olish yo’l-yo’riqlari bo’yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish va odamlarni o’rgatishga ko’proq e’tibor bermoqdalar.
Ijtimoiy psixologiyada to’plangan ma’lumotlarga ko’ra agressiyani oldini olish yoki sodir bo’lganini yumshatishda bir qancha yo’llar bo’lishi mumkin:
Tang holatlarda janjalkashlardan kimdir albatta o’zini tutishi, o’zini qo’lga olib, agressiv xulq bo’lishiga yo’l qo’ymaslikka hozirligi isbot qila olish, namoyish eta olishi. Masalan, er va xotin o’zaro janjallashib qolgan vaziyatni tasavvur qilsak, bu sharoitda o’zaro kelishmovchilik borligini sezgan ona-qaynona o’rnak namunasi ko’rsatishi mumkin. Buning uchun yo u taraflarni bosiqlikka, og’irroq bo’lishga chaqiradi, yoki yaxshi maslahat yordam bermasa, iroda va sabot bilan taraflardan birortasini, gapiga tezroq kiradiganini, masalan, o’z o’g’lini o’sha yerdan boshqa yerga, boshqa xonaga olib chiqib ketishi, yoki ajralishni ahd qilib urishayotganlardan birini masalan, kelinni dugonasinikiga “bir o’tib kelishni”, yoki bozordan biror nima xarid kelish uchun yuborishi va alohida qolgan o’g’li bilan “tarbiyaviy ishni” davom ettirishi mumkin. Ya’ni, janjalli vaziyatda kimnidir vaziyatda o’zini to’g’ri va bosiqlik tutishi qolganlarga ijobiy ta’sir ko’rsatib, qilmishlaridan andisha qilib qolishlari mumkin.
Agressiv harakatlarning oldini olishda tabiiy verbal reaksiyalarning, fikr-mulohazalardagi o’rinli so’zlashlarning ham ijobiy o’rni bor. Masalan, yana oila misolida olinsa, tomonlardan birining baland ovozga past bilan, yomon gapga, yaxshi bilan javob berishi qarshi tomonning hissiyotlari yo’nalishini o’zgartiradi.
Agressiyani pastlashining yana bir yo’li psixologik ibora bilan aytganda “kutilmagan, nomuvofiq ta’sirning induksiyasi” bo’lib, unga ko’ra, tomonlardan birining yoki guvohning kutilmagan tarzda ish tutishi vaziyatni o’zgaortiradi. Masalan, yana o’sha oilaviy nizo, yoki boalar o’rtasidagi agressiv janjalni oladigan bo’lsak, bunda shundlay qilinadiki, urushning tashabbuskori bo’lgan bolaga onasi kutilmaganda, ko’ngliga tugib yurgan biror sovqasini, yoki boshqa biror “syurpriz” berishi, yoki janjallashishayotgan aka-ukalar ustidan chiqib qolgan onadan ular qattiq ogohlantirish yoki jazoni kutganlarga samimiy hazillar ham kutilmaganda ikkala tomonni ham fikrlashga, o’zini bosib olishiga olib kelishi mumkin.
Nizoli va agressiv vaziyatlardan qutulish yoki ularni oldindan bartaraf etishning ishonchli yo’li sifatida psixologlar odamlarda muomala madaniyati va muloqot malakalarining bo’lishini e’tirof etishadi. Demak, ilk yoshlikdan bolani sog’lom muloqotga o’rgatish, sharoqona odob, iltifot, odamgarchilik, andisha va samimiyat, bag’rikenglik tamoyillariga bo’ysunib, o’zgalar bilan yashashga o’rgatish undagi agressivlikni pastlatadi, konfliktli va agressiv vaziyatlarda to’g’ri yo’l tutishga moslashtiradi. Buning uchun ijtimoiy psixologiyaning maxsus uslublari va vositalari mavjudki, ular hattoki “urushqoq shasxlarni” ham turli vaziyatlarda o’zini tuta olishga o’rgatadi. Masalan, ijtimoiy-psixologik treningning muloqotga bevosita o’rgatuvchi texnikasi aynan ana shunday uslublardan hisoblanadi.
Nihoyat, har bir insonning o’zini o’zi hurmat qilishi, unda voqyea-hodisalarga nisbatan mustaqil qarashlarning, mustaqil fikrning bo’lishi ham ma’lum ma’noda agressiv xaraktalar darajasini va miqdorini kamaytiruvchi muhim omildir. Ming afsuski, shunday holatlar bizda tez-tez uchraydiki, yoshlarimiz faqat taqlid qilish, aytganimizdan chiqmaslikka o’rgatib qolganligi tufayli haddan ziyod yuvvosh, ishonchsiz, e’tiqodsiz va irodasiz, qo’rqoq bo’lib qolishadiki, har qanday tanglik vaziyatlari ular ruhiyatini normal maromdan chiqaradi. Chunki bunday yoshlar va xodimlarda mustaqil fikrning yo’qligi tufayli, ular nochorligi hamda irodasizligi uchun jazolanaverishadi. Natijada, ular ishonchsiz, e’tiqodsiz, bora-bora asabiylashadigan, janjalkash bo’lib qolishadi. Shuning uchun ham yurtboshimiz I.A.Karimov yoshlarga sog’lom va teran dunyoqarashni shaklantirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatishni oldimizda turgan eng dolzarb vazifa sifatida ilgari surdilar. Zero, mustaqil fikrlash – kundalik hayotda ro’y berayotgan voqyea-hodisalarning mohiyatini, ularning sirlarini aniqlash, tahlil qilish va ajrata olishga hozirlikning mavjudligidir. Bu o’rinda Uolter Lippmanning fikri ham o’rinli: “Hamma bir xil fikr yuritgan yerda, hyech kim ko’p o’ylamaydi”.