Kurs ishining dolzarbligi: Algebra va algebraik sistemalar matematikaning eng asosiy tushunchalaridan biri hisoblanadi. Algebralar orqali matematikaning turli bo‘limlari aksiomatik asosga ega bo‘ladilar. Aksiomatik qurish esa matematika fanini rivojida asosiy negiz bo‘lib xizmat qiladi. Algebraning asosiy vazifasi algebraik amallarning xossalarini o‘rganishdan iborat.
Kurs ishining maqsadi:Ushbu kurs ishida algebra va algebraik sistemalar ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari algebraning asosiy strukturalari hisoblangan gruppa, halqa hamda maydonlar haqida ma’lumotlar berib o’tish va uni misollar yordamida mustahkamlash.
Algebraik nuqtai nazardan o‘rnashtirilgan amalga nisbatan o‘zlarini bir xilda olib boradigan to‘plamlar orasida hech qanday farq yo‘q, ularni aynan bir xil deb hisoblash mumkin.