2 – ta’rif. Agar A yarimgruppa bo‘lib, A to‘plam * amalga nisbatan e neytral element mavjud bo‘lsa, u holda monoid deyiladi.
3-misol. Yuqoridagi 2-misolda keltirilgan yarimgruppa monoid bo‘ladi.
4-misol. N algebra multiplikativ monoid bo‘lishini ko‘rsatish oson. N additiv yarimgruppa monoid bo‘lmaydi, chunki N to‘plamda qo‘shish amaliga nisbatan neytral element mavjud emas.
Aytaylik A yarimgruppa bo‘lsin, u holda
"(a1, a2,...,anÎ A) a1*a2*...*an (1)
simvolni
a1* a2*...*an=(a1* a2*...*an-1)*an
maonosida tushuniladi.
Agar * amal + (qo‘shish) dan iborat bo‘lsa, (1)ni qisqacha ko‘rinishda, * amal × (ko‘paytirish) dan iborat bo‘lsa, ko‘rinishda belgilaymiz. Demak,
= a1+ a2+...+an=( a1+ a2+...+an-1)+ an (2)
= a1 a2 ... an=( a1 a2 ... an-1) an (3)
Xususiy holda a1=a2= ...=an=a bo‘lsa, u holda (2) na=(n-1)a+a, (3) esa
an=an-1×a ko‘rinishga keladi.
Algebraning xususiy ko‘rinishlaridan biri gruppa tushunchasi bo‘lib, u matematika va uning tatbiqlarida muhim ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |