amalga oshiriladi. Guruh rahbari ota-onalar bilan olib boradigan ishlariga quyidagi
3. Guruh ota-onalar jamoasini tashkil etib, ularning guruhdagi tarbiyaviy
5. Guruhga otaliq qilayotgan tashkilotlar, oila va o’quv yurtiga yordam
beruvchi tashkilotlar bilan aloqa o’rnatadi va ularni guruhdagi tarbiyaviy ishlarga
hamkorligining muvaffaqiyati ularning bola bilan qilayotgan ishlari haqida bir-
birlarigaqanchalik ko’p, aniq va muntazam xabar berib turishlariga bog’liq. Ana
shu maqsadda guruh rahbari oilaga bir qator tizimli axborotlar berib turishi kerak:
-
Talabaning
o’quv
mehnatiga
tavsifnoma,
o’qishdagi
muvaffaqiyati va muvaffaqiyatsizligi, ularning sabablari, olayotgan
baholari.
-
Talabannig ijtimoiy faolligi haqida axborotlar, talabaning
jamoa hayotidagi ishtiroki nimalardan iborat ekanligi, jamoat topshiriqlari
va vazifalarning bor-yo’qligi, sababi, ularga o’zining munosabati.
-
Talabaning o’z o’rtoqlari, o’qituvchilari bilan munosabatida
vujudga kelgan holatlarning xarakteri, o’quv yurtidagi munosabatlarnnig
doirasi.
-
Talabaning ayrim xatti-harakatlarini tahlil qilib, ularga
pedagogik izohlar berish. Oilaga talaba tarbiyachi haqida maslahat va
tavsiyalar. Oila ham o’z navbatida farzandi haqida o’z mulohazalari,
ko’zatishlari yuzasidan guruh rahbariga quyidagi mazmunda ma’lum
axborotlar berib borishi mumkin:
-
Farzandi uyga berilgan vazifalarni qanday bajaradi, unga
sarflaydigan vaqti, dars tayyorlash tartibi, mustaqillik darajasi.
-
Belgilangan kun tartibining bola tomonidan bajarilishi.
-
Talabaning o’quv yurti haqidagi hikoyalari, taassurotlari,
gaplari, guruh hayotidagi turli voqealarga baholari.
-
Ota-onaning ayrim o’qituvchilardan, guruh rahbaridan, o’quv
yurti rahbarlaridan iltimoslari va takliflari.
Guruh rahbari bilan oila o’rtasidagi bu xildagi o’zaro xabarlashuvlar talabani
to’la o’rganishga, ta’lim va tarbiyada shu talaba uchun eng maqbul tarbiya va ta’sir
vositasini topishga yordam beradi. Guruh rahbari o’z ko’zatishlari, oiladan olgan
axborotlari natijasini kundalikka yozib borsa, undagi to’plangan ma’lumotlarni
vaqti-vaqtida o’rganish bilan shularga asoslanib tegishli xulosalar chiqarsa, bola
xulqini va fazilatlarini yaxshilash yo’llari, keyingi rejalarni belgilasa, erishilgan
darajani hisobga olib yangi pedagogik talablar qo’yib bo’lsa, tarbiya albatta
samarali natija beradi.
Guruh rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari tajribasida shaxsiy,
guruh-guruhli va ommaviy kabi shakllar keng tarqalgan. Ayniqsa, uning ota-onalar
bilan olib boradigan ommaviy ishlari bu sohadagi faoliyatinnig asosiy
yo’nalishidir. Chunki bu barcha ota-onalarni birlashtiradi hamda ularni o’quv yurti
talablari bilan tanishtirish, jamiyatning tarbiyadan ko’zatadigan maqsadlari, ota-
onaning vazifalari, tarbiyani amalga oshirish yo’llari, uslub va shakllari haqida
bilim berish, guruh hayotidagi o’zgarishlar, rejalar haqida maslahatlashish uchun
pedagogik ma’ruzalar tashkil etish ilmiy anjumanlar, “ochiq eshik” kunlari, savol-
javob kechalari, ota-onalar majlislari o’tkazish ommaviy ishning turlaridir.
Guruh rahbarining tajribasida ota-onalar majlislari keng tarqalgan va qaror
topgan ish shaklidir. Bu majlislar guruh ota-onalar jamoasining yuqori organi
sifatida o’z qarorlari bilan guruhdagi, oiladagi va turar joylardagi amalga
oshiriladigan tarbiyaviy ishlarning vazifasini va yo’nalishini belgilab beradi.
Guruh ota-onalar majlislarining bir necha xili mavjud: guruhdagi tashkiliy
ishlar bilan bog’liq majlislar, ota-onalarga pedagogik ma’lumot berishga
bag’ishlangan majlislar, munozara shaklidagi majlislar, yarim yillik yoki yil
yakuniga bag’ishlangan majlislar. Bu majlislarning har biri o’z maqsadiga
tayyorlash va o’tkazish tartibiga ega.
Tashkiliy masalalar bilan bog’liq guruh ota-onalari majlisida odatda ota-
onalar guruhi saylanadi, ish rejalari tasdiqlanadi, ota-onalar o’rtasidagi vazifalar
taqsimlanadi.
Ko’pgina o’quv yurtidagi guruh rahbarining ota-onalar bilan olib borayotgan
ishlari tajribasida savol-javob kechalari, maslahatlar va munozaralar ham vujudga
kelmoqda. Maslahatlar ko’proq shaxsiy ish shakli bo’lib, unga guruh rahbari ota
yoki onaga farzandini tarbiyalashdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish va boshqa
masalalar yuzasidan aniq maslahatlar beradi. Guruh rahbari o’zining shaxsiy
suhbatini, oilani o’rganish va ko’zatish asosida to’plagan ma’lumotlarni ota-onalar
bilan o’tkaziladigan ishlarni hisobga olib boradigan maxsus jurnaliga yozib borishi
g’oyatda muhim. Agar bu xil jurnalni guruh rahbarlari har yili muntazam holda
yuritib borsa, u tarbiyaviy ta’siri yaxshilashning muhim vositasiga aylanadi.
Dostları ilə paylaş: