3. Ota-onalar bilan ishlashning shakl va metodlari.
Guruh rahbari ota-onalar bilan ish olib borishda ishlashning xilma-xil shakl
va metodlaridan foydalanishi lozim. Ota-onalar bilan ishlashga shaxsiy ishlar
jamoa bilan birgalikda olib borilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Biz quyida ota-
onalar bilan ishlashning asosiy shakllari bilan tanishib chiqamiz :
1. Talabalarning uylariga borish – bu oila bilan aloqa qilishning eng samarali
shakllaridan biridir. Bunda guruh rahbari talabaning ota-onasi, uning yashash
sharoiti, moddiy imkoniyatlari bilan tanishishga imkon topadi.
2. Ota-onalarni o’quv yurtiga chaqirish. Bundan maqsad, faqatgina
talabalarning xulqi, savodliligi va boshqa xususiyatlari bilan ota-onani tanishtirish
emas, balki shu bilan birgalikda ota-onalarga pedagogik va ruhiy maslahatlar berib,
ularga talabani oilada tarbiyalashlariga yordam ham qilishdir.
3. Ota-onalar bilan ishlash. Bu esa talabaga chaqiriqlar yoki maxsus
da’vatnomalar orqali amalga oshiriladi.
4. Ota-onalar guruh majlisini o’tkazish. Bu shakldagi aloqa maxsus ish rejasi
orqali amalga oshiriladi.
5. Ota-onalarni maxsus pedagogik va psixologik bilimlar bilan qurollantirish
maqsadida ular bilan suhbat va ma’ruzalar o’tkaziladi.
6. Savol-javoblar kechasi. Ishning bu shakli guruh talabalarning xususiyati,
xarakterini yaxshiroq o’zlashtirish imkonini beradi.
7. Ota-onalarning tarbiya borasidagi ilg’or tajribalar bilan fikr almashish,
o’rtoqlashish. Bu narsa quyidagi mavzuda bo’lishi mumkin:
a) yoshlarni qanday qilib mehnatga tayyorlash mumkin?
b) talabaning kundalik rejimi haqida.
v) “Ota-onalarning obro’si” haqida, “Oilada yoshlarga axloqiy tarbiya
berish” va hokazolar to’g’risida anjumanlar o’tkazish.
8. O’quv yurti qoshida ota-onalar universitetlarini tashkil etish va bu
universitetlardan tizimli ish olib borish:
a) ota-onalarni tarbiya sohasidagi adabiyotlar bilan tanishtirish.
b) “Ota-onalar, sizlar uchun” degan mavzuda og’zaki jurnal.
v) faol ota-onalarning tarbiyaviy ish tajribalari bilan boshqa guruh
rahbarlarini tanishtirish kabi ishlar olib borilishi lozim.
Guruh rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari g’oyat keng, ko’p
qirrali bo’lib, bu ishlar faqat guruh va o’quv yurti miqyosi bilan cheklanmaydi,
aksincha turar joylardagi va talabaning ota-onasi ishlab turgan korxonadagi
jamoatchilik bilan ham yaqin aloqada bo’lishni taqozo etadi.
Bizning yosh avlod xalkimizniig inkilobiy, mehnat, jangovar an’analarini
uzlashtirib, uziga katta avlodning eng yaxshi fazilatlarini — goyaviy e’tikod va
matonatni, Vatanga muxabbatni, uning ikgisodiy, siyosiy va jangovar kudratini
mustahkamlashda ishtirok etishga intilishni singdiribgina uz bobolari va otalari
ishini davom ettira va kupaytira oladi. Bu ishda ota-onalar ayniksa muhim urin
tutishlari kerak.
1
Buni barcha guruh raxbarlari nazarda tutishlari muximdir, Bunda shaxsning
huquqiy yetukligi shaxs ijtimoiylashuvining maxsuli ekanligini har bir oilaga
tushuntirish goyat
muximdir. Oila shaxs uchun uning ijtimoiylashuv jaraeni ruy
beradigan, uning a hloki, duiyokarashi asoslari va hokazolar tarkib topadigan
dastlabki va ni hoyatda mu him a hamiyatga ega bulgan jamoadir.
Oila boshka tarbiyaviy muassasalardan farkli pavishda odamning butun
hayoti davomida uning barcha tomonlariga, kirralariga ta’sir kursatishga kodirdir
va odatda ta’sir kursatadi. Oila tarbiya vazifasining bu ulkap mikyosi uning
mafkuraviy va psixologik ta’sir kursatiishning chukur uziga hosligi bilan
uygunlashib ketadi. Bu esa uni oliy darajada ta’sirchan kilibgina kolmay, shu bilan
birga sha hsni shakllantirish jarayonining zarur buginiga ham aylantiradi.
Oilaning yuksak tarbiyaviy imkoniyati shaxslar va ota-onalarning uziga
hos hususiyatlari: kon-karindoshligi, muhabbati, yakinligi, ishonchi, burch hissi,
obruliligi va hokazolar bilan ta’minlanadi. Uz farzandining barcha zaif va kuchli
tomonlarini yurgakdagi chogidan biladigan, uning kalbidagi eng kichik harakatni
ham sezadigan va tushunadigan, unga ta’sir etishni biladigan onadan va otadan ya
hshirok. kim ham ularni ezgulikka, mehnatsevarlikka, dustlikka, muhabbatga
urgata oladi!
Ma’lumki, xilma- hil faoliyat sharoitida shaxsning qobiliyatlari eng
samarali rivojlanadi, uning ijodiy imkoniyatlari ochiladi, shaxsni oiladan boshka
kaerda ham faoliyatning hilma- hil turlariga jalb etish mumkin. Oilaviy
tarbiyanipg kimmatliligi va a hamiyati yana shundaki, kichik shaxslik paytida
oilada egallangan narsalar bir umr saklanib koladi. Xuddi shuning uchun ota-
onalarning shaxslarni har tomonlama tarbiyalash majburiyati konuniy tarzda
belgilab kuyilgan.
Guruh rahbarlari ota-onalar bilan birgalikda tarbiyaviy ishni tashkil etar
ekanlar, eng yangi psixologik-pedagogik tadqiqotlar ma’lumotlarini e’tiborga
olishlari ham mu himdir, ularga
;
muvofik usib kelayotgan kishi sha hsini
1
Рахимжонов Н. “Ёшлар иqтисодий тафаккурини шакллантиришда оиланинг роли” Т., 2005 (Б.М.И.)
shakllantirishga oilaning qo’shadigan hissasi turli yosh boskichlarida turlicha
buladi va tulkinsimon uzgaradi. Dastlabki 3 yil ichida u ayniqsa kuchli bo’ladi,
shundan keyin oilaviy ta’sirning muayyan darajada barkarorlashuvi davri
boshlanadi. Uning navbatdagi chuqqisi» odatda maktabgacha yosh tugaydigan
paytga to’g’gri keladi, shundan keyin taxminan o’smirlik davrigacha u
zaiflashgandek bo’ladi. Yana ota-onalarning ta’siri ota-ona oilasidan ajralib, uz
oilasini uzguncha ancha kuchayadi.
Psixologik-pedagogik tadqiqotlarning ma’lumotlari ba’zan shaxsning
imkoniyatlari tugrisidagi barkaror tasavvurlarni uzgartirib yuboradi. Masalan, ych
yillik shaxslar olimlar bir necha yil muqaddam tahmin qilganlariga nisbatan
ancha chukur idrok etish qobiliyaiga ega, uch yoshli shaxs hozir fakat olti yeshli
shaxslar qilgan va kilmagan narsalarni bilishi va kilishi mumkinligi kichkintoyni
yugurishdan oldin suzishga, ona tili bilan deyarli baravar chet tilida gapirishga
urganish mumkinligi va hokazolar ma’lum buldi.
Vaholanki, tajribaning ko’rsatishicha, ota-onalar kupincha uzlarini
tarbiyaviy ishga to’la tayyor deb biladilar va maxsus pedagogik bilimlarni
egallashni zarur deb hisoblamaydilar. Ota-onalarning bu xusuiyatini tanikli
pedagog va psixolog K. D. Ushinskiy uz davrida ta’kidlagan edi. «Tarbiya san’ati,
— deb degan edi u, — shunday hususiyatga egaki, deyarli barchaga tanish va
tushunarli, ba’zilarga esa juda oson ish bulib tuyuladi — odam bu ish bilan
nazariy va amaliy ji hatdan kanchalik kam tanish bulsa, unga bu shunchalik
tushunarli va oson bulib kurinadi. Deyarli hamma tarbiya sabr-tokatni talab
etishini e’tirof kilishadi, ayrimlar buning uchun tugma kobiliyat va malaka, ya’ni
kunikma kerak, deb uylaydilar; lekin juda kam odam sabr-tokat, tugma kobiliyat
va malakadan tashkari yana ma hsus bilimlar .kerakligi hakida ishonch hosil
kiilish-
Bunday bilimlarniiig yukligi oilaviy tarbiyada kuplab hatolarga olib keladi,
guru h ra hbari ota-onalar bilan ishlashda buni hisobga olmay iloji yuk.. Bu
jihatdan ota-onalarning shaxslarni tarbiyalashdagi kuydagi kiyinchiliklari va
hatolarini ajratib kursagish mumkin:
1. Ota-onalarning shaxslar bilan muomalasining yetishmasligi. Ular uzlari,
ishlari hakida kam suzlab beradilar, o’quv bilim yurti talabalar jamoasining
hayoti, uz shaxssining kizikishlari, uning jamoat ishlari, bu ishga munosabati va
hokazolar bilan kam kizikadilar. Muomalaning yetishmasligi shaxslarning ota-
onadan uzoklashishiga olib keladi,
;
kattalarni shaxsga yanada faolrok ta’sir
kursatish imkoniyatidan ma hrum etadi.
2. shaxslarni me hnat jarayonlariga jalb etish orkali ularning me hnat
tarbiyasini tashkil kila bilmaslik Ona ishga kumilib ketgan paytda shaxslar oilaviy
ishlardan, turar joylardagi ishlardan va hokazolardan ozod etiladilar. Buning
natijasida mehnatga mensimay munosabatda buladilar.
3. Ota-onalar turmushida salbiy misollarning mavjudligi o’quv
muassasasining pedagogik kuch-gayratini yukka chikaradi.
4. Ota-onalar tarbiyaviy ta’sirinipg izchil emasligi — onda-sonda ukishini
tekshirish, biror nojuya ish uchun jazolash va hokazolar
ahlokiy immunitet hosil bulishiga yordam bermaydi.
5. Oilaviy tarbiyaning asosi sifatida takiklashlar sistemasi — ijobiy namuna
asosida tarbiyalay bilmaslik, shaxs hayotini u har doim turli hatti-harakatni mashk
kiladigan tarzda tashkil eta olmaslik natijasidir. Bu sistema shaxsning kattalar
hohishiga salbiy munosabatini tugdiradi, mustakillikning rivojlanishini susaytiradi.
6. Harakatlarning o’quv bilim yurti bilan muvofiqlashtirilmagan-ligi yoki u
bilan kelishmovchilik. Tarbiyalanuvchida pedagogga, o’quv bilim yurtiga
ishonchsizlik paydo buladi va usib boradi, bu esa uning kamchiliklarini tuzatishni
kiyin-lashtiradi, pedagogik ji hatdan karovsizlik holatiga olib keladi.
7. Ayrim ota-onalarning shaxslar ulgayib borishi bilan tarbiyaviy faollikni
susaytirib yuborishlari, bu esa shaxslarning ota-onalardan uzoklashuviga, o’quv
bilim yurtiga qiziqishi pasayishiga va hokazolarga olib keladi.
8. Qarorlar qabul qilishda kechikish. Shaxs katta bo’lgandan keyin aqli kirib,
tuzaladi deb uylash odatda uzini oqlamaydi, kupincha qayta tarbiyalashni talab
etadigan pedagogik jihatdan karoveizlik holatiga olib keladi.
Qo’rsatib o’tilgan kamchiliklar qatoriga ota-onalarning tarbiya usullarini
bush bilishlarini, shaxslar ulg’ayishi bilan ularni o’zgartirishni bilmaslik yoki
istamaslik ota bilan onaning talablari birligining, pedagogik odob, chidamning
yo’qligi, ota-onalarning turmushning ma’naviy tomoniga zid tarzda moddiy
tomoniga qiziqib ketishi va boshqalarni qushish mumkin.
Ota-onalar bilan ish shakllari va usullarini tanlashni odatda guruh ra hbari uz
shaxsiy xususiyatlari tajribasini, talabalarning oilalarida vujudga kelgan uziga xos
xususiyatlarni,
ota-onalarning
bilim
va
tajribasini,
tarbiyalanuvchilarni
tarbiyalashda yuqorida ko’rsatib o’tilgan xatolar va qyinchiliklarni, fe’l-atvor
hususiyatlarini, o’quv muassasasi pedagoglar jamoasidagi muhitni, ota-onalar
bilan ish olib borishda tarkib topgan an’analarni va hokazolarni hisobga olib
belgilaydi, Tajribaning ko’rsatishicha, guruh rahbarining ota-onalar bilan
hamkorligining ommaviy, guruh tarzidagi va yakka tartibdagi ish shakllarini
okilona birga qo’shib olib borish, bunda uning mazmunida izchillikka rioya etish
orkali erishiladi.
Ko’rsatilgan shakllar ta’rifi va ularni qullashning eng yuqori natija berishi
ta’minlaydigan shart-sharoitlarga qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Talabalarni tarbiyalashda oilaning bir qancha vazifalari mavjud bo’lib ular
quyidagilardir:
—oilada sog’lom
muhitni yaratish, milliy ruh va turmush tarzini
hisobga olish, farzandlar uchun ota-ona har tomonlama o’rnak bo’lishi,
farzandlarning ota-onasiga, Vatanga muhabbat tuyg’usini shakllantirish,
o’zaro g’amxo’p bulishni ta’minlash;
—oilada xuquqiy tarbiyani yaxshilash, oila a’zolarining o’z huquq
va burchlarini anglab yetishlarini va ularga rioya qilishlarini ta’minlash;
—farzandlariga chuqur dunyoviy bilim asoslarini berish, ma’rifatli
va ma’naviyatli kishilar bo’lib yetishishlarini ta’minlash;
—bozor munosabatlariga mos bo’lgan kasb-hunar o’rgatish,
iqtisodiy tushunchalarni farzandlar ongiga singdirish;
-shaxslarning ma’naviy barkamol va jismonan sog’lom
bo’lishlari
uchun iqtisodiy va ijtimoiy muhitni yaratish;
-shaxslarni mustaqil fikrlashga o’rgatish, istiqlol g’oyalari va milliy
mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash;
-shaxslarning bo’sh vaqtlarini pedagogik nuqtai nazardan kelib
chiqib unumli tashkil qilish, ularga qo’shimcha ta’lim berish;
-farzandlarida mavjud bo’lgan iste’dod ko’rtaklarini rivojlantirish
uchun zarur sharoitlarni yaratish;
-o’z farzandlarining o’quv muassasasi, mahalla, davlat va jamiyat
oldidagi burchlarini to’la ado etishlari uchun oilada mas’uliyatli bo’lish;
-ota-onalar o’zlarining pedagogik va psixologik bilim saviyalarini
doimo oshirib borishi;
-shaxslarda tejamkorlik va ishbilarmonlikning ma’naviy axloqiy
tomonlarini shakllantirish;
-oilada milliy va umuminsoniy tarbiyaning barcha yo’nalishlarini
uyg’un
holda
bosqichma-bosqich
amalga
oshirishga
mas’ullikni
ta’minlash;
-sanitariya-gigienik, ekologik ko’nikmalarni singdirish, diniy
aqidaparastlik, ichkilikbozlik, giyohvandlikka qarshi tarbiyani amalga
oshirish;
-oila, o’quv bilim yurti va mahalla oldida o’z farzandlarining barcha
xatti-harakatlari uchun javobgardir;
—sog’ligida va aqlida nuqsonlari bo’lgan farzandlariga hayot
talablariga mos ravishda bilim va kasb-kor o’rgatishdan iborat.
Ota-onaning farzand oldidagi burchi, o’zbekona ta’bir bilan aytganda,
farzandga yaxshi nom qo’yish, ya hshi muallim qo’liga topshirib savodini
chiqarish, ilmli, kasb-hunarli qilish, oilali va uyli-joyli qilishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: |